19 iyun kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘FAning navbatdan tashqari kongressi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Gazeta.uz» muxbiri xabar bermoqda.

Unda O‘FA rahbari Abdusalom Azizov so‘zga chiqdi.

«Biz futbolda ko‘p narsani yo‘qotdik. Ayrimlar buni biznes qilib yubordi. Bolalar futbolidan boshlandi. Talantlar emas, kimnidir iltimosi bilan bolalar olinmoqda. Ijodiy yondashuv yo‘q. Futbolimizning eng katta kamchiligi boshqa davlat murabbiylari bizning jamoani bir deganda o‘rganib olmoqda», — dedi Azizov.

Shuningdek, O‘FA rahbari boshqa futbol klublarining maoshlarini ham ochiqlashi haqida aytib o‘tdi.

«Futbolda xolislik va hallolikni talab qilamiz. Mana, kecha „Paxtakor“ klubi maoshlarini ochiqladik, boshqa klublarning ham maoshlarini ochiqlaymiz», — dedi Abdusalom Azizov.

Avvalroq, O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Vadim Abramov iste’foga chiqarilgani hamda terma jamoa sardori Odil Ahmedov terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida xabar bergan edik.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.