Qarshining “Nasaf” futbol klubi O‘zbekiston Superkubogi sohibiga aylandi. 29-may kuni “Paxtakor"ga qarshi kechgan o‘yinda qashqadaryoliklar penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning 54-daqiqasida bosh hakam Aziz Asimov VAR yordamidan so‘ng “Nasaf” darvozasiga penalti belgiladi. Uni muvaffaqiyatli ijro etgan Dragan Cheran hisobni ochdi.

Shundan so‘ng qarshiliklar murabbiyi bir nechta o‘zgarishlarni amalga oshirdi va natijada 80-daqiqada Sharof Muhitdinov jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi.

Shu tarzda asosiy vaqtlarda g‘olib aniqlanmadi. Jamoalar avvaliga ekstra-taymlarda, so‘ng penaltilar seriyasida kuch sinashdi.

Lotereyada qarshiliklar darvozaboni Abduvohid Ne’matov 3 ta zarbani qaytardi, shuningdek, o‘zi ham 11 metrlik zarbani muvaffaqiyatli bajarib, “Nasaf"ni uch karra Superkubok sohibiga aylantirdi. Yakuniy hisob 1:1 (4:3) — “Nasaf” foydasiga.

Video

Foto

futbol, nasaf, paxtakor, superkubokfutbol, nasaf, paxtakor, superkubokfutbol, nasaf, paxtakor, superkubokfutbol, nasaf, paxtakor, superkubokfutbol, nasaf, paxtakor, superkubokfutbol, nasaf, paxtakor, superkubokfutbol, nasaf, paxtakor, superkubokfutbol, nasaf, paxtakor, superkubokfutbol, nasaf, paxtakor, superkubokfutbol, nasaf, paxtakor, superkubokfutbol, nasaf, paxtakor, superkubokfutbol, nasaf, paxtakor, superkubokfutbol, nasaf, paxtakor, superkubokfutbol, nasaf, paxtakor, superkubokfutbol, nasaf, paxtakor, superkubokfutbol, nasaf, paxtakor, superkubok