O‘zbekistonda 22-may-2-iyun kunlari tekislik hududlarda kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet xizmati agentligi.

Bu kunlarda фақат respublikaning ayrim tog‘li hududlarida 29−31-may kunlari kovektiv bulutlilik rivojlanishida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Harorat kechalari +15…+20 daraja atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari ish haftasining boshida harorat +32…+37 darajadan oxiriga kelib esa +35…+37 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.

Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi, sharqiy yo‘nalishdagi shamol biroz esishi kutilmoqda. Havo harorati bugun kunduzi +32…+34 daraja bo‘ladi, hafta oxiriga kelib, 36…+37 darajagacha ko‘tariladi.