O‘zgidromet xizmati agentligi direktori Sherzod Habibullayev 14−17-may kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo kirib kelishi kutilayotganligi haqida ogohlantirdi.

14−17-may kunlari respublika hududida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

14−16-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17-mayda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida va respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.

Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Yuqori tog‘li (2000 m dan yuqori) hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

14−15-mayda shimolda va cho‘l hududlarda, 16−17-mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 23−25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

14−16-mayda respublika shimolida, 17-mayda respublikaning qolgan hududlarida kunduzgi havo harorati +17…+22 darajagacha pasayadi.