O‘zgidromet xizmati agentligi direktori Sherzod Habibullayev 17−19-iyun kunlari O‘zbekiston hududlari bo‘ylab havo harorati 40−41 darajagacha, janubda 42−45 darajagacha ko‘tarilishini ma’lum qildi.

19-iyunda shimoliy hududlarga, 20-iyunda esa respublikaning barcha hududlariga Kavkazdan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi. 18-iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 19−20-iyunda O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha shamol tezligi ba’zi joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 22−25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

жазираmа, иssиқ, ўзгидроmет

18−20-iyunda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. 19−20-iyunda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.

19-iyunda shimoliy hududlar, 20-iyunda respublikaning barcha hududlari bo‘yicha havo harorati 4−6 darajaga pasayadi.

Agentlik, shuningdek, 18−21-iyun kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 8 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkinligini ma’lum qildi.