16−23 mart kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
To‘raqo‘rg‘onlik erkak o‘zini Shimoliy Farg‘ona kanaliga tashlab, halok bo‘ldi. 54 yoshli fuqaroning nega bunday qilgani hozircha noma’lum. Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Uchqo‘rg‘on tumanida Spark avtomobili haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida kanalga tushib ketdi. Mashina chiqarib olindi, hech kimga jarohat yetmagan.
Namangan tumanida Damas haydovchisi qoidalarga zid ravishda 25 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlandi. Unga ogohlantirish berilib, o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rildi.
Namanganda jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning Sergek intellektual tizimi ishga tushirildi. Qozog‘istonlik mutaxassilar ishlab chiqqan tizim maxsus algoritmlardan foydalangan holda qoidabuzarliklarni aniqlaydi va IIBning vakolatli inspektoriga yuboradi.
Namanganning Norin tumanida tadbirkor attraksion jihozlari uchun ajratilgan qariyb 2,5 mlrd so‘m imtiyozli kreditni o‘zlashtirgan. Samarqandda kuzatilgan holatda esa yana bir tadbirkor kreditga olingan 416 mln so‘mlik metall buyumlarni sotib yuborgan. Hozirda 2 holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.
Namanganda YPX avtomobilida tug‘uruqxonaga olib ketilayotgan ayol qiz farzand ko‘rdi. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordam sabab ona-bolaning salomatligiga hech qanday ziyon yetmadi.
Pop tumanida 3 ta MAN yuk avtomobili to‘qnashib, yong‘in yuz berdi. Yong‘inni salkam bir soat davomida 4 ta qutqaruv ekipaji bartaraf etdi. Hodisa oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi.
Namangan tumanidagi xonadonlarning birida gaz portlashi sodir bo‘ldi. Oqibatda 31 yoshli ayol va uning 9 yoshli farzandi kuyish jarohatini oldi.
Chust tumanida 3 va 8 yoshli bola sog‘lig‘i yomonlashgani sababli shifoxonaga yotqizildi. 8 yoshli bola birinchi yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan vafot etdi. Viloyat FVB o‘limga is gazi sabab bo‘lganiga ishora qilmoqda.
1 yanvar kuni tongda Kosonsoy tumanida xonadonlardan biri yonib ketishi oqibatida er-xotin halok bo‘ldi. Tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand va Namanganni respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarga aylantirishni taklif qildi. Yangi maqom bu shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga qanday ta’sir qiladi, oddiy aholi-chi, bundan qanday naf ko‘radi? «Gazeta.uz» shu kabi savollar bilan ekspertlarga murojaat qildi.
Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni parlament va xalqqa yo‘llagan murojaatnomasida Samarqand va Namangan shaharlari alohida ma’muriy-hududiy birliklar sifatida respublika bo‘ysunuviga o‘tkazilishini taklif qildi. Ularni rivojlantirish dasturi Vazirlar Mahkamasida tasdiqlanishi belgilandi.
Namanganda xonadonlardan biri yarim tunda yonib ketdi. Oqibatda 2-guruh nogironi 95 foizlik kuyish jarohatini oldi. Yong‘in qo‘lbola tunika pechga «gaz so‘rg‘ich» o‘rnatilgani sababli kelib chiqqani taxmin qilinmoqda.
Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 Toshkent — O‘sh avtomobil yo‘lida Volvo yuk avtomobilida yong‘in yuzaga keldi. Hodisa oqibatida jarohat olgan fuqarolar yo‘q.
Pop tumanida bank tomonidan ajratilgan 1,2 mlrd so‘m evaziga xarid qilingan tibbiy dastgohlar va ishlab chiqarish uskunasini boshqa shaxslarga sotib yuborgan MCHJ rahbari aniqlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Prezident qarori bilan keyingi o‘quv yilidan Namangan to‘qimachilik sanoati instituti o‘z faoliyatini boshlaydi. Institutda ta’lim jarayoni kredit-modul tizimi, jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tashkil etiladi. Shuningdek, OTM qoshida To‘qimachilik texnoparki ochiladi.
Namanganda simyog‘ochga chiqishga harakat qilgan 16 yoshli bolani 27 500 volt kuchlanishdagi elektr toki urdi. Shifoxonadagi muolajalardan so‘ng bemorning ahvoli yaxshilandi.
Namanganda aholi xonadonlariga taqab metan «zapravka» qurilmoqda. Qurilish zarur hujjatlar rasmiylashtirilmasdan boshlangan. Kun.uz nashrining ma’lum qilishicha, qurilish tepasida Namangandagi ko‘plab AGTKSlar egasi, viloyat hokimining qudasi turgan bo‘lishi mumkin. Maqola muallifi trollar hujumiga uchradi.
Namanganda Equinox, Lacetti, Nexia va VAZ-2106 ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida avtomashinalar texnik shikastlangan, tan jarohati olganlar yo‘q. Hududga svetofor o‘rnatish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting