Namangan viloyati Davlatobod tumanining Yuksalish mahallasida haydovchilik guvohnomasi oluvchilar uchun ixtisoslashgan innovatsion imtihon markazi ishga tushdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Markaz kuniga o‘rtacha 500 mijozga xizmat qila oladi. Uning tantanali ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov qatnashdi va imtihon olish tizimida raqamlashtirish kuchaytirilib, inson omili kamaytirilgani yo‘llardagi qoidabuzarliklarga barham berishini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, “Namangan viloyati imtihon markazi” o‘z faoliyatini boshladi.

imtihon markazi, наманган, haydovchilik guvohnomasi

imtihon markazi, наманган, haydovchilik guvohnomasi

Eslatib o‘tamiz, shunday imtihon markazlari dastlab 2022-yil fevral oyida Toshkent shahrida, o‘sha yilning iyun oyida esa Toshkent viloyatida faoliyat boshlagandi.

Sobiq adliya vaziri Ruslanbek Davletov ushbu imtihon markazlari ochilishi haqida gapirar ekan, qaysi hududda shunday imtihon markazi ochilsa, o‘sha yerda davlat o‘z funksiyasini tugatishini aytgandi.

“Endi davlat nima qilyapti, davlat aytayaptiki, biz yangi tizim qilamiz: Mana shunaqa talablar bo‘ladi. U yerda inson omilisiz elektron ravishda haydovchiga baho beradigan tizim bo‘lishi kerak, deyapti. O‘sha talablarni belgilab qo‘yyapti. Agarda qaysi hududda shu talablarga mos ravishda xususiy sektordan tadbirkor kirib kelsa, davlat o‘zining shu funksiyasini tugatadi, deyapti. Hamma viloyatda ochilsa, shu yoqdagi davlat tizimi tugaydi”, — deya ta’kidlagandi vazir.