2023-yil sentabr oyidan 1−4-sinf o‘quvchilariga xorijiy tajriba asosida, 5−9-sinflarga esa umumta’lim fanlaridan tayanch bilimlar beriladi. 10−11-sinflar qiziqish va qobiliyatiga mos bo‘lgan ixtisoslashgan dasturlar asosida o‘qitiladi.
Toshkentdagi 348-sonli maktab (sobiq Toshkent viloyatiga qarashli, kollektor yonida joylashgan) binosida 6-sinf o‘quvchisini suv iloni tishlab oldi. Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yetkazilgan, shundan so‘ng u o‘qishga qaytgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2023-yildan nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini ham baholashni rejalashtirmoqda.
Jamiyat va davlat taraqqiyoti, ertasining qanday bo‘lishi sifatli ta’limga bog‘liq. O‘ttiz yildan oshdi — nega hamon o‘zimiz istagan ta’lim tizimini yarata olmaymiz? Qachon va qay tariqa maqsadga erishish mumkin? «Gazeta.uz» javobni ta’lim eksperti, mas’ul xodim va o‘qituvchidan eshitishga qaror qildi.
Mariya xonimni jamiyat va pedagogikadagi stereotiplarni parchalagan ayol deb bilishadi. Uning maktabi alohida mavzu. Gabriel Markes, Bill Geyts, Jeff Bezos kabi mashhurlar ham shunday dargoh ta’limini olganlardan. Italiyadagi ilk diplomli shifokor ayolning hayoti o‘zi yozganidek — “o‘ta sokin, ammo shiddatli”.
Toshkentdagi barcha maktablarga ichki ishlar xodimlari biriktiriladi. Ular kun davomida muassasa hududi va uning atrofidagi ko‘chalarda patrullik qiladi. Poytaxt IIBBning qayd etishicha, bu ota-onalarning bola o‘g‘irlash haqidagi mish-mishlar bo‘yicha xavotirlariga javoban profilaktik chora hisoblanadi.
Xo‘jaylidagi 21-maktab direktori xodimlardan komissiya uchun 20 ming so‘mdan yiqqani sababli ishdan bo‘shatildi. Mablag‘ bannerlarni yangilash maqsadida yig‘ilgani aytilmoqda, ammo xodimlar pul komissiyani ovqatlantirish uchun sarflanishini bildirdi.
Prezident farmoni bilan maktablarda 100 mingta bepul to‘garak tashkil etiladi. Bu uchun davlat budjetidan 79,5 mlrd so‘m ajratilgan bo‘lib, to‘garaklar yo‘nalishini aniqlash bo‘yicha o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkaziladi.
Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida maktab binosining tashqi devori yorilib, yomg‘ir suvlari bino poydevorining biroz cho‘kishiga sabab bo‘ldi. Qurilish vazirligining ma’lum qilishicha, yoriqlar ta’mirlangan. Pudratchiga bahorgi ta’tilda binoni qayta to‘liq ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
O‘zbekistondagi 9 mingdan ortiq maktabda endi rostdan ta’til tugab, darslar boshlandi. Bolalar qalin kiyinib, maktabga yo‘l olishdi. Ko‘plab maktablar yaxshi isitilgan bo‘lsa, ayrimlari sovuqligicha qolmoqda. «Gazeta.uz» poytaxtdagi maktablarga borib, sinfxonalar harorati va o‘quvchilar kayfiyatini o‘rgandi.
O‘zbekistonda 23 yanvardan vanihoyat maktablarda uchinchi chorak boshlanadi. Biroq isitish bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan maktablar hozircha darslarni onlayn shaklda davom ettiradi. Xususan, Toshkent shahrida 57 ta, Namangandagi 17 ta maktabda o‘quvchilar darslarni masofadan boshlaydi (ro‘yxat).
Ta’lim muassasalarining o‘quv xonalarida mashg‘ulotlar o‘tkazishda mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq havo harorati yengil jismoniy ishda +21 daraja, o‘rtacha og‘ir ishda 17 va og‘ir ishda 16 gradusdan past bo‘lmasligi kerak.
11 yanvar kuni O‘zbekistondagi ko‘p maktablarda ustozlar o‘quvchilar kelmagani tufayli, bo‘sh sinf xonalariga dars o‘tdi. Bunga bir kun avval yarim tunda chiqqan maktablarda o‘qish boshlanishi haqidagi xabarlar sabab bo‘ldi. «Gazeta.uz» tarmoqdagilar bu holatga bildirgan munosabatlarni bir materialga jamladi.
Yangi kun boshlanishiga 2 soatgina vaqt qolganida Toshkent rasmiylari anomal sovuq tushishi sabab uzaytirilgan qishki ta’til tugagani va maktablarda o‘qishlar boshlanishi haqida xabar bera boshladi. Bosh muharrir munosabati.
Boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan yangi darsliklar 1 yanvardan 14 ta hududda tajriba asosida o‘qitiladi. «Keyingi bosqichda 5−11-sinflar uchun ham darsliklar ishlab chiqamiz. Yoshlarga kreativ sohalarda dars berishimiz kerak. Fanlarni ham, dars soatlarini ham ko‘rib chiqishimiz kerak», — dedi prezident.
Tarmoqlarda maktab o‘quvchilarining ommaviy mushtlashuvi aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB hodisa Mirobod tumanidagi 125-maktabda sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Holat yuzasidan bezorilik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Qurilish vazirligi Andijondagi 50-maktab stadioni o‘rnida bino qurilishi loyihaga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritilgani uchun to‘xtatilganini ma’lum qildi. Vazirlik qurilish bo‘yicha barcha zarur xulosalar olinganini qayd etdi. Avvalroq prokuratura hokim qarori qalbaki ekanini ma’lum qilgandi.
Andijon shahridagi 50-maktab stadioni o‘rnida ko‘p qavatli turar-joy binosi qurilmoqda. Yozda hibsga olingan shahar hokimining yer ajratish haqidagi tegishli qarori soxta bo‘lib chiqdi.
Jalaquduq tumanidagi maktabda «Hokim va yoshlar» uchrashuvida ustozlardan o‘quvchilari hokim savollariga «shukronalik hissi bilan javob berishi» so‘ralgan xabar tarqaldi. XTV matbuot kotibi o‘qituvchilardan bunday narsalarni talab qilmaslikni so‘radi. Tuman hokimligi esa bunday topshiriq berilmaganini aytdi.
Qashqadaryodagi ayrim maktablarda 2023−2024 o‘quv yilidan boshlab Finlyandiya ta’lim tizimi joriy etiladi. Prezident buning uchun bir oy muddatda 48 ta maktabni tanlab olish bo‘yicha topshiriq berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting