«maktab» tegli maqolalar


Maktab direktori ro‘mol o‘ragan qizlarga: «Saylovdan keyin ko‘rasizlar»
17 may 2021, 21:12

Maktab direktori ro‘mol o‘ragan qizlarga: «Saylovdan keyin ko‘rasizlar»

«Sizlarga tepadan vahiy tushdimi? Hozir indashmayotganining sababi — saylov o‘tishini kutishayapti, saylov o‘tib olsin, ko‘rasizlar. Qanaqadir tashkilotlar kelib surishtirishi kerakmi ota-onalaringni?» — Ijtimoiy tarmoqlarda Chinoz tumanidagi 45-maktab direktori ekani aytilayotgan ayolning ro‘mol o‘ragan o‘quvchi qizlar bilan suhbati aks etgan audioyozuv tarqaldi.

Termizdagi maktabda yong‘in sodir bo‘ldi
17 may 2021, 11:21

Termizdagi maktabda yong‘in sodir bo‘ldi

Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi umumta’lim maktabida yong‘in yuzaga keldi. Hodisa oqibatida bino 2-qavatining taxminan 120 kv.m maydoni ichki va tom qismi yonib zaralangan. Tan jaroxati olganlar yo‘q.

Ta’lim tili xorijiy tilda bo‘lgan sinflarda «O‘zbek tili» ham chet tili kabi ko‘nikmalarga bo‘lib o‘rgatiladi
11 may 2021, 11:41

Ta’lim tili xorijiy tilda bo‘lgan sinflarda «O‘zbek tili» ham chet tili kabi ko‘nikmalarga bo‘lib o‘rgatiladi

Yangi o‘quv yilidan «O‘zbek tili»ni o‘qitishda 4 ko‘nikmaga tayaniladi. Endi ta’lim tili o‘zga tilda bo‘lgan sinflarda davlat tili — o‘zbek tili ham chet tili kabi o‘rgatiladi. Milliy o‘quv dasturi asosida o‘zga millat vakillari uchun 2-sinf «O‘zbek tili» darsligi yaratildi.

Maktablarni rag‘batlantirish uchun prezident sovrini ta’sis etiladi
6 may 2021, 18:19

Maktablarni rag‘batlantirish uchun prezident sovrini ta’sis etiladi

Chet tillari bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan maktablarni rag‘batlantirish uchun prezident sovrini ta’sis etiladi. Unda tuman va shahar bosqichi g‘olibi 100 mln so‘m, viloyat bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan 250 mln so‘m va respublikada eng yaxshi maktab maqomiga erishgan muassasa 500 mln so‘m bilan taqdirlanadi.

Samarqandda yangi maktab ochildi — bu viloyatdagi eng yirik maktab
24 mart 2021, 17:33

Samarqandda yangi maktab ochildi — bu viloyatdagi eng yirik maktab

Samarqandda deyarli 1700 o‘rinli yangi maktab foydalanishga topshirildi. Bu viloyatdagi eng yirik maktab hisoblanadi. Maktabda 60 ta o‘quv xonasi, ikkita sport zali, shuningdek, futbol, voleybol maydonlari va tennis korti mavjud.

9 sinf o‘quvchisini kaltaklagan o‘qituvchi holatiga rasmiy munosabat bildirildi
9 fevral 2021, 14:09

9 sinf o‘quvchisini kaltaklagan o‘qituvchi holatiga rasmiy munosabat bildirildi

Toshkent viloyati Angren shahrida maktab o‘qituvchisi o‘quvchini kaltaklab, bir necha marotaba musht tushirgani haqidagi videotasvirlar tarqaldi. O‘qituvchi 9 sinf o‘quvchisi uni dars paytida ko‘p marotaba masxara qilgani uchun jahl ustida shunday qilgani aytilmoqda.

Yangiyo‘ldagi maktabda shift ko‘chib tushishi oqibatida 2 nafar o‘quvchi jarohatlandi
4 fevral 2021, 13:35

Yangiyo‘ldagi maktabda shift ko‘chib tushishi oqibatida 2 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Yangiyo‘ldagi maktab sinfxonasida shift ko‘chib tushib, ikki nafar 6 sinf o‘quvchilarini jarohatladi. Maktabning ta’mirlash ishlari 2019 yilda Toshkent viloyatiga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m evaziga amalga oshirilgan.

Maktablarda qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi
12 dekabr 2020, 23:21

Maktablarda qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi

Xalq ta’limi vazirligi qishqi ta’til boshlang‘ich sinflar uchun 25-dekabr, yuqori sinflar uchun 26-dekabrdan boshlanishini ma’lum qildi. Qolaversa, ta’tillarni o‘zgartirish bo‘yicha takliflar yuzasidan ham munosabat bildirildi. Aytilishicha, maktablarni isitishdan ko‘ra, sovutishga ko‘proq elektr energiya resurslari talab etiladi.

Andijonda o‘quvchilarni yupun kiyimlarda sovuqqa olib chiqqan maktab rahbariyati ishdan bo‘shatildi
23 noyabr 2020, 11:11

Andijonda o‘quvchilarni yupun kiyimlarda sovuqqa olib chiqqan maktab rahbariyati ishdan bo‘shatildi

Andijonda yupun kiyimlarda bayroq ko‘tarishga chiqarilgan o‘quvchilar 43-maktabdagi «Yangi O‘zbekiston — Yangicha dunyoqarash» targ‘ibot tadbiri doirasida jalb qilinganligi ma’lum bo‘ldi. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi ushbu maktab direktori v.b. D.Nasirdinov va uning o‘rinbosari S.Ismanova ishdan bo‘shatilganligini ma’lum qildi.

«Uch mingdan ortiq maktablarda oshxonaning o‘zi yo‘q» — Alisher Qodirov
19 noyabr 2020, 14:39

«Uch mingdan ortiq maktablarda oshxonaning o‘zi yo‘q» — Alisher Qodirov

Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov uch mingdan ortiq maktablarda oshxonaning o‘zi yo‘qligi, borining ham 60 foizga yaqini talab darajasida emasligini ta’kidladi. «Farzandlarimizni fiziologik-depressiv holatini yuzaga kelishini hisobga olsak, o‘qituvchilarga bo‘lgan munosabati keskinlashishi, maktabga jinoyatni kirib kelgani bu — albatta ovqatlanish bilan bog‘liq masala», — dedi Alisher Qodirov.

Maktab o‘quvchilari darsdan oldin madhiya kuylashadi
11 noyabr 2020, 10:28

Maktab o‘quvchilari darsdan oldin madhiya kuylashadi

Maktablarda darsdan oldin madhiya kuylash, tanaffusda vatan mavzusidagi she’r va qo‘shiqlar eshittirish so‘raldi. Ushbu mazmundagi xat Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi maktablar rahbarlariga yuborilgan.

Toshkentdagi ikkita maktab faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
16 sentabr 2020, 17:20

Toshkentdagi ikkita maktab faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Toshkentda 14 sentyadrdan o‘z faoliyatini boshlagan 139 ta maktabning 2 tasida darslar koronavirus bo‘yicha epidemik vaziyat barqaror bo‘lgunga qadar to‘xtatildi.

Maktablarda birinchi o‘qish kuni boshlandi. Foto
7 sentabr 2020, 18:27

Maktablarda birinchi o‘qish kuni boshlandi. Foto

Yarim yillik tanaffusdan so‘ng 7 sentyabr kuni 330ga yaqin maktablarda o‘quv yili boshlandi. O‘zbekistonning turli hududlaridagi maktablarda birinchi o‘qish kunidan fotolavhalar.

330ga yaqin maktablarda o‘qish boshlandi
7 sentabr 2020, 12:29

330ga yaqin maktablarda o‘qish boshlandi

6 oylik tanaffusdan so‘ng 239 ta maktab an’anaviy tarzdagi ta’lim shakliga qaytdi. Davlat maktablarida o‘quv yili rasman 14 sentyabrdan boshlanadi.

Maktablarga qo‘yiladigan vaqtinchalik sanitariya talablari tasdiqlandi
28 avgust 2020, 12:14

Maktablarga qo‘yiladigan vaqtinchalik sanitariya talablari tasdiqlandi

COVID-19 pandemiyasi davrida maktablarga qo‘yiladigan vaqtinchalik sanitariya talablari tasdiqlandi. Xususan, maktablarda ommaviy tadbirlar o‘tkazilmaydi, niqobsiz maktabga kirishiga ruxsat berilmaydi, o‘quvchi va o‘qituvchilar «ertalabki filtrlash» jarayonidan o‘tishadi.

Maktabga hujjat topshirish uchun onlayn navbatga yozilish. Qo‘llanma
7 iyul 2020, 14:47 5

Maktabga hujjat topshirish uchun onlayn navbatga yozilish. Qo‘llanma

5 iyuldan umumta’lim maktablari 1-sinfiga hujjat topshirish uchun onlayn navbatga turish Toshkent shahri uchun sinov tariqasida boshlandi. Buni qanday amalga oshirishni «Gazeta.uz» qo‘llanmasida o‘qing.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting