Qozog‘iston parlamenti Majilisi (quyi palatasi) deputatlari yaqin atrofda faoliyat ko‘rsatayotgan maktablar, bolalar bog‘chalari va boshqa ijtimoiy infratuzilmalar bo‘lmasa, ko‘p qavatli turar joy binolari qurishni taqiqlovchi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda deputat Asxat Ayagambetovga tayanib, Vlast.kz xabar bermoqda.

Qonun loyihasi yaqinda Ostona va Kokshetaudagi maktablarda o‘quvchilarning ko‘payib ketishi fonida e’lon qilingan. sentabr oyi boshida ijtimoiy tarmoqlarda Ostonadagi ikkita maktab yo‘lagi va zinapoyasida bolalar tiqilinchda qolgani aks etgan video tarqaldi. Unda o‘quvchilarning bir qanchasi yordam so‘rab baqirgani ham eshitilgan. Har ikki maktab uch smenada ishlaydi.

“Uch smenali maktablar soni sezilarli darajada kamaygani yo‘q, jumladan, megapolislarimizda tayyor ijtimoiy infratuzilma mavjud bo‘lmagan joylarda qurilish ishlari olib borilayotgani sababli. Aholi punktlari deb atalmish faol rivojlanayotgan joylarda ular uch smenada o‘qishadi. Ammo bolalarning aybi yo‘q. Hokimlik bunday ko‘p qavatli turar joy binolariga ruxsat berayotganda bunday ochiq-oydin narsalarni hisobga olmagan”, — dedi Ayamagambetov (Vlast.kz dan iqtibos).

Aymagambetovning so‘zlariga ko‘ra, ayrim hududlarda yangi ta’lim muassasalarining qurilishi “hatto maktab qurish uchun joy yo‘qligi” tufayli murakkablashmoqda. Uning ta’kidlashicha, mahalliy hokimiyat “maktabga tutashgan qo‘shimcha binolar orqali vaziyatdan chiqishga harakat qilmoqda”, ammo “bu yechim emas” va muammo tizimli yondashuvni talab qiladi.

“Qonun loyihasida, agar u yerda tayyor maktablar, bolalar bog‘chalari va ijtimoiy infratuzilma mavjud bo‘lmasa, bunday ko‘p qavatli turar joy binolarini qurishga ruxsat berish taqiqlanadi… U yerda bir smenali maktab bo‘lsagina qurilishga ruxsatnoma beriladi. Bu muammoni hisobga olish kerak”, — dedi deputat.

Hozir qonunchilar hukumatdan xulosa kutishmoqda, deya qayd etadi nashr.