«korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi» tegli maqolalar


Akmal Burxonov Antikorrupsiya agentligi devoriga chizilgan graffitini qo‘llab-quvvatladi
26 aprel 2022, 12:07

Akmal Burxonov Antikorrupsiya agentligi devoriga chizilgan graffitini qo‘llab-quvvatladi

Rassom Inkuzart Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hovlisining tashqi devoriga «Korrupsiya» mavzusidagi graffitini chizdi. Agentlik direktori Akmal Burxonov art-obyektni qo‘llab-quvvatlab, uni «murosasiz kreativ yondashuv» deb atadi va aholini korrupsiyaga qarshi faol kurashishga chaqirdi.

Davlat organlari 2021 yilda ko‘pincha davlat xaridlari bo‘yicha ma’lumotlarni ochiqlamagan
25 mart 2022, 15:24

Davlat organlari 2021 yilda ko‘pincha davlat xaridlari bo‘yicha ma’lumotlarni ochiqlamagan

Antikorrupsiya agentligi rahbari Akmal Burxonov davlat organlari ochiqligining monitoringi yuzasidan ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 135 ta davlat organidan 80 tasi (60 foizi) 2021 yilning IV choragidagi davlat xaridlariga oid ma’lumotlarni e’lon qilmagan. 204 ta tuman va shahar hokimliklarining 43 tasida esa veb-saytning o‘zi umuman ishlamaydi.

Buxoroda tuman hokimligi arxeologik yodgorlikning bir qismini fermerga berib yuborgani aniqlandi
16 mart 2022, 16:44

Buxoroda tuman hokimligi arxeologik yodgorlikning bir qismini fermerga berib yuborgani aniqlandi

Shofirkon tuman hokimligi «Vardonze qo‘rg‘oni» arxeologiya yodgorligining 124 gektar maydonini 76 gektargacha qisqartirib, qolgan qismini fermer xo‘jaligiga yaylov uchun berib yuborgani aniqlandi. Fermer esa uni ekin maydoniga aylantirib yuborgan. Buning oqibatida qadimgi tarixiy topilmalar yo‘qotilgan va davlatga 26,7 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ochiqlik siyosati tufayli hokimliklarning avtomobil sotib olishi, «remont» qilishi keskin kamaydi — Akmal Burxonov
11 mart 2022, 10:29

Ochiqlik siyosati tufayli hokimliklarning avtomobil sotib olishi, «remont» qilishi keskin kamaydi — Akmal Burxonov

2021 yilda korrupsiyaga oid jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1,2 trln so‘m zarar yetkazilgan. Hokimliklarning budjetdan orttirilgan mablag‘larni ochiqlash majburiyati joriy qilingach, avtomobil sotib olish yoki hokimiyatni ta’mirlash keskin kamaygan, dedi Antikorrupsiya agentligi rahbari. Akmal Burxonov bu amaliyot hokimlik budjetining ko‘proq ijtimoiy-infratuzilmaga yo‘naltirilayotganiga sababchi bo‘lganligini ta’kidladi.

Antikorrupsiya agentligi qurilish sohasida jami 33,69 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilishlarni aniqladi
2 fevral 2022, 11:25

Antikorrupsiya agentligi qurilish sohasida jami 33,69 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilishlarni aniqladi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi yanvar oyida o‘tkazgan o‘rganishlarida yettita davlat tashkilotida jami 33,69 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunga zid harakatlar aniqlangan. Ushbu holatlar bo‘yicha davlat xaridlarini bekor qilish haqida buyurtmachilarga taqdimnomalar va Bosh prokuraturaga so‘rovnomalar kiritilgan.

Deklaratsiya to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganidan keyin 3 oy muhlat beriladi — Akmal Burxonov
22 dekabr 2021, 17:39

Deklaratsiya to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganidan keyin 3 oy muhlat beriladi — Akmal Burxonov

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari farmonida tizimni 2022 yil 1 yanvaridan joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan bo‘lsa ham, katta ehtimol bilan, yil oxirigacha qabul qilinmasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tizim baribir yangi yildan ishga tushiriladi va davlat xizmatchilariga deklaratsiyalarni tayyorlash uchun aprelgacha vaqt berish rejalashtirilgan.

BMT rahbari: poraxo‘r amaldorlarning ochko‘zligi hammaga zarar yetkazadi
14 dekabr 2021, 11:42

BMT rahbari: poraxo‘r amaldorlarning ochko‘zligi hammaga zarar yetkazadi

Korrupsiya odamlarning rahbarlar va muassasalarga bo‘lgan ishonchini susaytiradi, tengsizlikni kuchaytiradi va barchaga zarar yetkazadi, deya ta’kidladi BMT bosh kotibi Misrda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Butunjahon konferensiyasi ishtirokchilariga murojaatida. Forumda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining vakolatlari kengayadi
7 dekabr 2021, 21:52

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining vakolatlari kengayadi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yangi vakolatlar berildi. Endilikda agentlik huquqni muhofaza qiluvchi organlarning elektron ma’lumotlar bazalaridan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishi va jinoyat ishini qo‘zg‘atish yoki boshqa choralarni ko‘rish uchun korrupsiya faktlari to‘g‘risidagi xabarlarni yuborish va natijalari bo‘yicha qabul qilingan qaror to‘g‘risida ma’lumotni talab qilishi mumkin.

3 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
3 dekabr 2021, 23:03

3 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonda blokpostlar o‘rnatilishi haqidagi xabarlar yolg‘onligi ma’lum qilingani, korrupsiyani sodir etganlik uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish taklif etilgani, elektr energiyadagi o‘chishlar Toshkentda yana suv ta’minoti uzilishiga sabab bo‘lgani, Toshkent havosining ifloslanish darajasi yana keskin ko‘tarilgani — «Gazeta.uz»ning 3 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Davlat xizmatchilari oladigan sovg‘alar miqdori qat’iy belgilanmoqda — Antikorrupsiya agentligi
3 dekabr 2021, 21:18

Davlat xizmatchilari oladigan sovg‘alar miqdori qat’iy belgilanmoqda — Antikorrupsiya agentligi

Korrupsiyaga qarshi kurashishi agentligining xabar berishicha, «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonun loyihasiga davlat xizmatida sovg‘a olish-berish, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha ishlab chiqilgan «Sovg‘a siyosati» nomli alohida bob kiritildi. Shuningdek, agentlik direktori Akmal Burhonov Toshkent shahar hokimligiga Mercedes-Benz sovg‘a qilinishida qonun buzilishi holati bo‘lmaganini aytdi.

Toshkent shahar hokimligiga sovg‘a qilingan Mercedez-Benz bo‘yicha Antikorrupsiya agentligi tekshiruv o‘tkazmoqda
3 dekabr 2021, 19:30

Toshkent shahar hokimligiga sovg‘a qilingan Mercedez-Benz bo‘yicha Antikorrupsiya agentligi tekshiruv o‘tkazmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi Latipova Ziyoda Baxromovna tomonidan Toshkent shahar hokimligiga sovg‘a qilingan — qora rangdagi Mercedes Benz S500 Hybrid avtomobili bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadi.

Korrupsiyani sodir etganlik uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish taklif etilmoqda
3 dekabr 2021, 10:26

Korrupsiyani sodir etganlik uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish taklif etilmoqda

Antikorrupsiya agentligi korrupsiyaviy jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish taklifi bilan chiqdi. Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihasiga ko‘ra, korrupsiyaga oid jinoyatlar toifasiga 15 turdagi qonunbuzarlik kiritilmoqda. Shuningdek, poraxo‘rlik uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, shu turdagi jinoyatchilarni muddatidan ilgari shartli ozod qilmaslik va jazosini yengilrog‘i bilan almashtirmaslik taklifi bildirildi.

Bir yarim yilda davlat xaridlari sohasidagi qonunbuzarlik yuzasidan 45 ta ish qo‘zg‘atildi
29 noyabr 2021, 17:26

Bir yarim yilda davlat xaridlari sohasidagi qonunbuzarlik yuzasidan 45 ta ish qo‘zg‘atildi

So‘nggi bir yarim yil ichida davlat xaridlari sohasida qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan mansabdorlarga nisbatan 21 ta jinoiy va 24 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. Sohalar kesimida qonunbuzarliklarning eng ko‘pi qurilish va sog‘liqni saqlashga, hududlar kesimida esa Toshkent shahri, Andijon, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlariga to‘ri kelmoqda.

Antikorrupsiya agentligiga jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirish huquqi berildi
21 noyabr 2021, 13:14

Antikorrupsiya agentligiga jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirish huquqi berildi

19 noyabrdan kuchga kirgan qonunga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni o‘rganish uchun jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirish, hujjatlar bilan tanishish huquqiga ega bo‘ldi. Shuningdek, tashkilot BMTning boshqa davlatlarga yordam ko‘rsatadigan organlar qatoriga kiritildi.

Toshkentdagi shifoxona mansabdorlari 586,7 mln so‘m budjet mablag‘ini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda
11 noyabr 2021, 13:19

Toshkentdagi shifoxona mansabdorlari 586,7 mln so‘m budjet mablag‘ini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda

Antikorrupsiya agentligi o‘rganishlari natijasida Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasida 9,7 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi. Shundan 586,7 mln so‘mlik budjet mablag‘lari talon-taroj qilinganligini aytilmoqda. Shifoxonaning mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashlarga hokimlar rais bo‘ldi. Antikorrupsiya agentligi rahbari izoh berdi
19 oktabr 2021, 17:59

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashlarga hokimlar rais bo‘ldi. Antikorrupsiya agentligi rahbari izoh berdi

Antikorrupsiya agentligi direktori Akmal Buxonov Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tashkil etilgan hududiy kengashlarga hokimlar rais bo‘lishi borasidagi xabarlarga izoh berdi. «Bu kengashlar korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organ emas, kollegial idora hisoblanadi», — dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar hokimlar mahalliy kengash raisligidan ozod qilinsa, unda Hududiy kengash raislari ham o‘zgarishini qo‘shimcha qildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish Toshkent shahar Kengashi ta’sis etildi
28 sentabr 2021, 13:52

Korrupsiyaga qarshi kurashish Toshkent shahar Kengashi ta’sis etildi

Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi ta’sis yig‘ilishi o‘tkazildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, mahalliy davlat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish va «Korrupsiyasiz soha» loyihasini amalga oshirish uning asosiy vazifalaridan etib belgilandi.

Yarim yilda korrupsiya yetkazgan zarar qariyb 600 mlrd so‘mni tashkil etdi
25 sentabr 2021, 10:29

Yarim yilda korrupsiya yetkazgan zarar qariyb 600 mlrd so‘mni tashkil etdi

2021 yilning birinchi yarmida 2544 nafar mansabdor shaxsga nisbatan korrupsiya huquqbuzarliklari bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi. Umumiy zarar miqdori 592,5 mlrd so‘mga baholandi, vaholanki bu ko‘rsatkich o‘tgan yil davomida 500 mlrd so‘mni tashkil etgan edi. Eng ko‘p holatlar — SSV, XTV va bank sektorida.

Samarqanddagi tibbiyot muassasalari dori vositalarini 5,6 mlrd so‘m qimmatroqqa xarid qilgani aniqlandi
22 avgust 2021, 15:53

Samarqanddagi tibbiyot muassasalari dori vositalarini 5,6 mlrd so‘m qimmatroqqa xarid qilgani aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasalari muqobil tijorat takliflari mavjud bo‘lgani holda, 14,9 mlrd so‘mga, ya’ni 5 mlrd 643 million so‘m qimmatroqqa dori vositalari xarid qilganini aniqladi. «O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

«Ayrim idora va vazirliklar hali ham Antikorrupsiya agentligini tan olgisi kelmaydi» — Akmal Burxonov
12 avgust 2021, 17:15

«Ayrim idora va vazirliklar hali ham Antikorrupsiya agentligini tan olgisi kelmaydi» — Akmal Burxonov

Antikorrupsiya agentligi rahbari Akmal Burxonov agentlik o‘z faoliyatini to‘laqonli amalga oshirishda duch kelayotgan to‘siqlar haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, agentlikning xatiga vaqtida javob bermaslik yoki korrupsion omil haqidagi taqdimnomaga «boshqacha munosabatda» bo‘lish holatlari uchraydi. «Taqdimnomamizga adekvat reaksiya bildirilmasa, javobgarlikka tortish bo‘yicha taklif kiritganmiz… Lekin ayrim idora va vazirliklar hali ham agentlikni tan olgisi kelmaydi», — deydi u.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting