Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi Toshkent hokimligiga sovg‘a qilingan — qora rangdagi Mercedes Benz S500 Hybrid avtomobili bilan bog‘liq vaziyatni tekshirmoqda, deb xabar berdi «Podrobno.uz».

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat tekshirilmoqda hamda 15−30 kun ichida holat yuzasidan rasmiy bayonot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, 30 noyabr kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning Latipova Ziyoda Baxromovnaga tegishli Mercedes Benz S500 Hybrid rusumli, davlat raqami 01M798NV bo‘lgan qora rangli yengil avtotransport vositasini hokimlikka ixtiyoriy ravishda beg‘araz (tekinga) berish taklifini qabul qilish bo‘yicha qarorni imzolagandi.


«OLX.uz» saytiga joylangan ushbu modeldagi avtomobil 275 000 AQSh dollariga baholangan.