O‘zbekistonda blokpostlar o‘rnatilishi haqidagi xabarlar yolg‘onligi ma’lum qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda 2022 yil 1 martgacha O‘zbekistonning barcha tumanlarida blokpostlar o‘rnatilishi haqida xabarlar tarqaldi. IIV ushbu xabarning yolg‘on ekanligini ma’lum qildi. Jamoat xavfsizligi konsepsiyasida hududlarda kamida bittadan tumanlararo patrul-post xizmati bo‘linmalari tashkil etilishi nazarda tutilgan.


Korrupsiyani sodir etganlik uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish taklif etilmoqda

Antikorrupsiya agentligi korrupsiyaviy jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish taklifi bilan chiqdi. Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihasiga ko‘ra, korrupsiyaga oid jinoyatlar toifasiga 15 turdagi qonunbuzarlik kiritilmoqda. Shuningdek, poraxo‘rlik uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, shu turdagi jinoyatchilarni muddatidan ilgari shartli ozod qilmaslik va jazosini yengilrog‘i bilan almashtirmaslik taklifi bildirildi.


Elektr energiyadagi o‘chishlar Toshkentda yana suv ta’minoti uzilishiga sabab bo‘ldi

Poytaxtni suv bilan ta’minlovchi «Qodiriya» suv inshootining yuqori kuchlanishli elektr ta’minotida nosozlik yuzaga kelib, nasos agregatlari o‘chib qolgan. Buning oqibatida shaharning ayrim tumanlarida ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda


Dam olish kunlari havo salqin bo‘ladi

Kavkaz hududlaridan O‘zbekistonga kirib keladigan antitsiklon dam olish kunlari havo haroratini tushiradi. Kunduz kuni havo +10 darajagacha pasayadi. Biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.


Andijonda fuqaro uyida o‘zini osib qo‘ydi

Andijon tumanida yashovchi fuqaro uyida o‘zini osib qo‘ydi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish moddasi bilan ish ochildi. IIB profilaktika inspektori va mahalla raisiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.


Toshkent shahar hokimligiga sovg‘a qilingan Mercedez-Benz bo‘yicha Antikorrupsiya agentligi tekshiruv o‘tkazmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi Latipova Ziyoda Baxromovna tomonidan Toshkent shahar hokimligiga sovg‘a qilingan — qora rangdagi Mercedes Benz S500 Hybrid avtomobili bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadi.


Toshkent havosining ifloslanish darajasi yana keskin ko‘tarildi

AQSh elchixonasida joylashgan havo tozaligi nazorat stansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent havosining ifloslanish indeksi 3 dekabr soat 18:00 holatiga ko‘ra rekord — 190 darajani tashkil qilmoqda.


Soliqchining o‘limida sobiq YPX xodimlari aybdor deb topildi

Sud Kattaqo‘rg‘on viloyati soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosarining o‘limida yo‘l-patrul xizmatining ikki sobiq xodimini aybdor deb topdi. Har biriga 2 yilu 10 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi


Prezident viloyat hokimlarining uy-joy qurishda 2−3 ta pudratchi tashkilot bilan cheklanib qolayotganini tanqid qildi

Endilikda davlat hisobidan bajariladigan qurilishlarda bosh prokuror o‘rinbosari boshchiligida respublika hamda viloyat shtablari tuziladi. Bu orqali qurilish narxlarini asossiz oshirish, tasdiqlangan loyihalarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish nazoratga olinadi.


Davlat xizmatchilari oladigan sovg‘alar miqdori qat’iy belgilanmoqda — Antikorrupsiya agentligi

Korrupsiyaga qarshi kurashishi agentligining xabar berishicha, «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonun loyihasiga davlat xizmatida sovg‘a olish-berish, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha ishlab chiqilgan «Sovg‘a siyosati» nomli alohida bob kiritildi. Shuningdek, agentlik direktori Akmal Burhonov Toshkent shahar hokimligiga Mercedes-Benz sovg‘a qilinishida qonun buzilishi holati bo‘lmaganini aytdi.


Feruza Babashevaning deputatlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan behayo video ortidan Feruza Babashevaning deputatlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi. O‘rta Chirchiq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi uning hamkasblari tashabbusi bilan chaqirilgan hamda tegishli qarorni 24 nafar deputatdan 23 nafari qo‘llab-quvvatlagan.


2022 yilda O‘zbekistonning vodorod ishlab chiqarish salohiyati baholanadi

Energetika vazirligi va Jahon banki 2022 yilda O‘zbekistonda vodorod ishlab chiqarishning texnik salohiyatini baholaydi. O‘rganishlar yakunida «ko‘k» va «yashil» vodorodni rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqiladi.


O‘zbekiston XTTB va XMKning ustav kapitalidagi jami 104,7 mln dollarlik qo‘shimcha aksiyalariga obuna bo‘lmoqda

Prezident qaroriga ko‘ra, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot vazirligi (XTTB) hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) ustav kapitalidagi qo‘shimcha aksilariga obuna bo‘ladi. Uchta vazirlikning XTTB va XMKning ustav kapitalidagi mos ravishda 91,92 mln dollarlik 762 dona va 12,78 mln dollarlik 12 781 dona aksiyalarni xarid qilish bo‘yicha taklifi ma’qullangan.


«O‘zbekgidroenergo» investitsiya dasturlari O‘zbekistonda dekarbonizatsiyaga yordam beradi — Fitch Rating

Fitch Rating agentligi prognozlariga ko‘ra, «O‘zbekgidroenergo» investitsiya dasturlari 2030 yilga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarishda issiqlik elektr stansiyalari ulushini 75 foizdan kamroq darajagacha qisqartirish imkonini beradi.