Parlament qarori bilan Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi. Unga amaldagi Konstitutsiyani ishlab chiqishda qatnashgan, Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari Akmal Saidov raislik qiladi. Komissiya “jamiyat — islohotlar tashabbuskori” g‘oyasi asosida ish olib boradi.
5 iyun kuni Qozog‘istonda mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tadi. Tuzatishlarda prezidentning yaqin qarindoshlariga siyosiy davlat xizmatchisi lavozimlarini egallashni taqiqlash, Qozog‘istonning birinchi prezidenti belgilagan tamoyillarning o‘zgarmasligi haqidagi qoidalarni istisno qilish va boshqalar taklif qilingan.
O‘zLiDeP va «Milliy tiklanish» partiyalari Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masalani parlamentning ikki palatasi kengashlari muhokamasiga kiritish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi. O‘zLiDeP rahbari Aktam Xaitov takliflarda xalqning orzu-istaklari mujassam ekanligini ta’kidladi. «Milliy tiklanish» yetakchisi Alisher Qodirov esa barcha fuqarolarni taklif bildirishga chaqirdi. Deputatlar prezident avvalroq bildirib o‘tgan takliflarni takrorlamoqda.
O‘zLiDeP va «Milliy tiklanish» fraksiyasi a’zolari Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish jarayonini boshlash taklifi bilan chiqishdi. Partiya deputatlari islohotlardan kelib chiqib, Konstitutsiyani bugungi real voqelikka moslashtirish zarur deb hisoblaydi. Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaga 10 dan ortiq holat bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritishni taklif qilgandi.
Prezident tibbiy sug‘urta shakllarini rivojlantirish, ekologiya oqibatida fuqarolar sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplab berish majburiyatini davlat zimmasiga yuklash, tibbiyot xodimlarining yuksak maqomini ta’minlash uchun Konstutitsiyaga o‘zgartirishlar kiritishni taklif qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022 yilda mamlakat Konstitutsiyasining yangi loyihasi tayyorlanishini ma’lum qildi. Yangi konstitutsiyada bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik masalasi aks ettirilib, ekologiyaga oid maxsus bob kiritiladi. «Gazeta.uz» AQSh, Fransiya, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari konstitutsiyalariga kiritilgan eng muhim o‘zgarishlar haqida maqola tayyorladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida asosiy qonunga o‘zgartirishlar kiritishni taklif qildi. U inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amaldagi tizim samarasini oshirish maqsadida Konstitutsiyada bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik, nogironlar, keksa avlod vakillarining huquqlarini ishonchli himoya qilish masalalari ham o‘z aksini topishi kerakligini ta’kidladi.
Fuqarolarning Konstitutsiya haqidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida Adliya vazirligi va Konstitutsiyaviy sud umummilliy imtihonni o‘tkazadi. Imtihon ikki bosqichdan iborat bo‘lib, 1 dekabr kuni boshlanadi. Unda 15 yoshga to‘lgan va undan katta barcha fuqarolar qatnashishi mumkin. Eng yuqori natijani qayd etgan ishtirokchiga 15 mln so‘m beriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev inauguratsiyaga bag‘ishlangan marosimda Konstitutsiyani takomillashtirish masalasini ko‘rib chiqishga e’tibor qaratdi. «Tub burilish davrida ko‘pgina davlatlarda konstitutsiyaviy islohotlar amalga oshirilganini ko‘ramiz», — dedi u.
Qirg‘izistondagi konstitutsiya referendumida saylovchilarning deyarli 80 foizi prezidentning vakolatlarini kengaytiradigan konstitutsiyaning yangi tahririni qo‘llab-quvvatlashdi.
Senat 11-yalpi majlisda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida"gi qonunni ma’qulladi. Unga ko‘ra, 14 ta hududda umumyurisdiksiya sudlari tashkil etilmoqda. Qolaversa, tuman va shaharlarda ma’muriy sudlar tugatilib, hududlar markazlarida tumanlararo ma’muriy sudlar tashkil etilmoqda.
Senati sud hokimiyati faoliyati oid Konstitutsiyaga o‘zgartishlar to‘g‘risidagi qonunni o‘z saytida e’lon qildi. Ushbu qonun matni Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullangan bo‘lsa-da, jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etilmagan edi.
Markaziy saylov komissiyasi bir vaqtning o‘zida bir nechta joyga nomzod ko‘rsatilganida, saylovoldi targ‘iboti hamda uchrashuvlar o‘tkazishda muammolar yuzaga kelganini ma’lum qildi. Shunga ko‘ra, Konstitutsiyaning 117-moddasiga tegishlicha o‘zgartirish kiritishni taklif etmoqda.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting