O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasi bo‘yicha referendum o‘tkazish uchun 55 ta uchastka tuzilmoqda.

“Dunyo” axborot agentligi xorijiy davlatlarda joylashgan uchastkalar manzillari aks ettirilgan interaktiv xaritani ishga tushirdi.

O‘zbekistonning o‘zida Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralarida 14 ta referendum okrugi tashkil etilmoqda. Xorijdagi referendum uchastkalari Toshkentdagi 14-okrugga biriktirilgan.

Referendum o‘tkazuvchi 14 ta okrug komissiyalarida jami 266 kishi ish olib boradi.

2021-yilgi prezidentlik saylovlarida bo‘lgani kabi fuqarolarga o‘z uchastkasini aniqlash va uni o‘zgartirishda interaktiv xizmat ko‘rsatiladi. U Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yo‘lga qo‘yiladi.

Referendum 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Muddatidan avval ovoz berish 19−26-aprel kunlariga belgilangan.