Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov O‘zbekistonda so‘z erkinligi darajasini izohlab, 2016-yil oxiridan buyon bu boradagi islohotlar natijalariga adekvat baho berish kerakligini aytdi. Komil Allamjonov esa so‘z erkinligi darajasini 5,5 balga baholab, hali qilinadigan ishlar ko‘pligini aytdi.
Nozima Davletova Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashiga rahbar bo‘ldi. Bungacha u jamg‘arma direktori bo‘lgan. Mazkur lavozimda avvalroq Komil Allamjonov ishlagan edi.
Komil Allamjonov O‘zbekiston ta’lim sohasida velosiped ixtiro qilmasdan, “eng ilg‘or” — Finlyandiya tizimini — “shartta olib, o‘ziga adaptatsiya qilishi” kerakligini aytdi. Unga ko‘ra, matematika, fizika va ximiya qonunlari hammayoqda bir xil, faqat o‘qitish metodikasi farqli.
Prezident Administratsiyasi rahbarining topshirig‘i bilan darsliklar sifatini tekshirish bo‘yicha ishchi guruhi tashkil etildi. Bundan tashqari, darsliklarni tayyorlash, nashr etish, tannarx va tarqatish tizimini tanqidiy ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.
Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonovning ta’kidlashicha, «No Photo, No Video» muammosi O‘zbekiston ijtimoiy hayotidan allaqachon yo‘qotilishi kerak edi. «Ayrim o‘zboshimchalik bilan joriy qilingan taqiqlar jamiyatga zarar keltirishi muqarrar», — dedi u.
Prezident Administratsiyasi rahbarining yangi o‘rinbosari Komil Allamjonov Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi vasiylik kengashi raisi lavozimini tark etishi hamda barcha bizneslarini boshqa egalariga topshirishini ma’lum qildi. «Chunki men manfaatlar to‘qnashuviga mutlaqo qarshiman», — dedi u.
Komil Allamjonov O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Toshkent viloyatida haydovchilar uchun Yagona imtihon markazi ochildi. Hududning haydovchilik guvohnomasini olish bo‘yicha imtihonlari endi faqat shu yerda o‘tkaziladi. Birinchilardan bo‘lib viloyat rahbari Zoyir Mirzayev imtihon topshirdi.
Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi rahbari Komil Allamjonov BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet bilan uchrashuvda OAV erkinligini ta’minlash uchun xalqaro tashkilotlarning ko‘magi zarurligini ta’kidladi. U BMT boshqarmasi bilan hamkorlik matbuotni rivojlantirish va «aholini agressiv va shafqatsiz xorijiy tashviqotdan» himoya qilish uchun muhim deb atadi.
Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Uzmetronom.com sayti asoschisi Sergey Yejkov ustidan huquq-tartibot organlariga arz qildi. Bunga Komil Allamjonov himoyasi ostida O‘zbekistonga 4,2 mln dollarlik tilla va brilliant taqinchoqlar noqonuniy olib kirilgani aytilgan «Brilliant bola» nomli maqola sabab bo‘ldi. Mazkur axborotning birinchi manbasi esa Eltuz resursi hisoblanadi.
Deputat Rasul Kusherbayev Toshkentdagi haydovchilik guvohnomasini beruvchi Yagona imtihon markazi ochilishida prezident qarori talablari buzilganini ma’lum qildi. Kompaniya asoschisi Komil Allamjonov esa ayblovlarni rad etib, deputatga «eski korrupsiyalashgan tizim ko‘proq yoqishi mumkin"ligini taxmin qildi. Yaqinda markaz valyuta kursi va boshqa mamlakatlardagi vaziyat bilan izohlagan holda narxlarni oshirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda, muqobillar yo‘qligiga qaramay, markaz ustun mavqega ega bo‘lgan kompaniyalar reyestriga kiritilmaganiga e’tibor qaratildi.
Komil Allamjonov TikTok kompaniyasi vitse-prezidenti Teo Bertramga tarmoqni O‘zbekiston qadriyatlari va mintalitetiga moslash taklifini bildirdi. Kompaniya mas’ullari esa uning takliflarini inobatga olinishi qatorida, TikTok`ga o‘zbek tilini ham kiritishga tayyorligini ma’lum qilgan. Tarmoq hanuz uzilishlar bilan ishlayapti.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov fikriga ko‘ra, rossiyalik bloger Subxan Mamedov (Subo) bilan profilaktik suhbat emas, balki «unga nisbatan yolg‘on ma’lumot tarqatib, jamoat tartibi va sog‘ligiga xavf tug‘dirgani, yig‘ilishlar o‘tkazish tartibini buzgani» nuqtai nazaridan huquqiy baho berilishi kerak.
Komil Allamjonov Saida Mirziyoyevaning ba’zi tashabbuslarini Gulnora Karimovaning g‘oyalari va loyihalari bilan taqqoslash haqida fikr bildirdi. «U paytdagi xatolar bizga ko‘proq bu yo‘lda xato qilishimizga yoki ularning qilgan xatoliklari bizga bir ko‘rgazma, aslida. Biz shu xatolarni qilsak, loyihalarni shunday xatolik bilan qilsak qanday oqibatlarga olib kelishini ko‘rganmiz. Bu bizga saboq», — deya qo‘shimcha qiladi u.
27 iyun kuni Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonovning «Allamjonov aybdor» nomli kitobi omma uchun taqdim etildi. Bloger Mirzayor Erkinov «Gazeta.uz» uchun maqolasida muallifning asardagi asosiy fikrlari va kitobda keltirilgan qiziqarli voqealar tafsiloti haqida yozadi.
«Nomi matbuot bo‘lgani, uning ustiga minib olsa ham bo‘ladi degani emas», — deb yozdi Komil Allamjonov. Davlat idorasi xodimlarining OAV faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga bosim o‘tkazishi noqonuniy, deya ta’kidladi u.
Komil Allamjonov «O‘zbekistonga biror talab qo‘yishdan oldin millatning mentaliteti, dini, madaniyati, urf-odatlarini inobatga olishi kerak» deya ta’kidladi. Uning fikriga ko‘ra, besoqolbozlikka qarshi qonunlar yumshatilgan taqdirda ham, ular qog‘ozda qoladi.
«Biz Saida Mirziyoyeva bilan ushbu loyihani o‘z otalig‘imizga oldik», — deya ma’lum kildi Komil Allamjonov efirdan olib tashlangan «Zakovat» teledasturi haqida.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi, AOKAning sobiq rahbari Komil Allamjonov agentlik va OAV o‘rtasidagi bahs bo‘yicha fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, matbuot gapini ayta oladigan, unga nisbatan ogohlantirishlarga e’tiroz bildiradigan va ochiq bahslashadigan davrga yetib keldi.
«Pandemiya davrida yotgan ayrim qariyalarga oyog‘ini tog‘oraga suv solib, sovun bilan yuvish emas, balki sumkada tashilgan yeguliklar kerak edi», — deya Komil Allamjonov Toshkent hokimining volontyorlik haqidagi so‘zlariga fikr bildirdi. Toshkent shahar hokimligi Jahongir Ortiqxo‘jayevning javobi aks etgan to‘liq videoni taqdim etib, hokim «yolg‘iz qolgan, kambag‘allarga yordam berishga bo‘lgan samimiylik va firibgarliklar o‘rtasidagi nozik chiziqni» ko‘rsatishga urinayotganini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting