Fevraldan buyon Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori lavozimida ishlab kelgan Nozima Davletova jamg‘arma Vasiylik kengashi raisi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar qildi.

Iyul oyida Komil Allamjonov Vasiylik kengashi rahbari lavozimini tark etib, prezident ma’muriyati rahbari o‘rinbosari bo‘lgan edi. U fond tashkil etilgan 2020 yil yanvar oyidan beri boshqaruv kengashiga raislik qilib kelgan edi.

Jamg‘armaning yangi direktori etib avval Yevropa-O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi (EUROUZ) Toshkent loyiha byurosi rahbari bo‘lgan Akramjon Fozilov tayinlandi.