O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmonlari bilan Prezident administratsiyasida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Saida Shavkatovna Mirziyoyeva prezidentning yordamchisi lavozimiga tayinlandi. Shuningdek,

  • Aziz Yuldashevich Magrupov prezident yordamchisi;
  • Ravshan Ayubovich Gulyamov prezidentning iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi;
  • Alisher Saidabbasovich Sultanov prezidentning energetika xavfsizligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi;
  • Shuxrat Madaminovich G‘aniyev prezidentning agrar rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi;
  • Muzaffar Murotovich Kamilov prezidentning din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi;
  • G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev prezidentning kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori;
  • Doniyor Baxtiyorovich Kadirov prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi;
  • Komil Ismoilovich Allamjonov Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari;
  • Odil Qalandarovich Abduraxmanov Prezident administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari lavozimiga;
  • Kaxramon Kuchkarovich Kuranbayev Prezident administratsiyasi Yoshlar siyosati departamentining rahbari lavozimiga;
  • Alisherbek Azizovich Paygamov Prezident administratsiyasi Tashqi aloqalar departamentining rahbari;
  • Nodirjon Abduqunduzovich Abduraximov Prezident administratsiyasi Rejalashtirish va axborot ta’minoti departamentining rahbari;
  • Utkirjon G‘ayratovich Kodirov Prezident administratsiyasi Hududlar bilan hamkorlik qilish va tahliliy materiallarni tayyorlash departamentining rahbari lavozimiga;
  • Ulugbek Uchkunovich Kurbanov Prezident protokolining rahbari;
  • Sherzod Ikromovich Asadov prezident matbuot kotibi;
  • Saidlaziz Saidasilovich Saidkarimov Prezident administratsiyasi Nazorat inspeksiyasining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

17-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev Prezident administratsiyasining yangi tuzilmasini tasdiqlangandi. Undan Prezident administratsiyasi rahbari lavozimi bekor qilingani, 2 ta yangi prezident yordamchisi lavozimi joriy etilgani, maslahatchilar soni 9 nafardan 11 nafarga ko‘paytirilgani va boshqa o‘zgarishlar o‘rin olgandi.