AQSh o‘zining Yaqin Sharqdagi hamkorlari bilan Falastin davlatini yaratishning “aniq muddatlarini” o‘z ichiga oluvchi rejasini muhokama qilmoqda, deb xabar berdi The Washington Post. U Isroil va Falastin o‘rtasida uzoq muddatli tinchlik o‘rnatishni nazarda tutadi.
HAMAS Isroilga G‘azo sektorida 135 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejasini taklif qildi. Bu davr mobaynida guruh garovga olinganlarni ozod qiladi, Isroil askarlari esa G‘azoni tark etishi kerak bo‘ladi.
Isroil G‘azo sektoridagi mojaroning kuchayishi ortidan ishchi kuchi tanqisligiga duch keldi. Rasmiylar qurilish sohasidagi falastinliklar o‘rnini O‘zbekiston, Hindiston va Shri-Lanka migrantlari hisobiga to‘ldirishni rejalashtirmoqda. Uchta davlatdan umumiy hisobda 65 ming ishchi kelishi kutilmoqda.
Xalqaro sud Janubiy Afrikaning Isroilga qarshi ishi bo‘yicha o‘zining birinchi qarorini chiqarib, Isroil hukumatiga G‘azo sektorida genotsidga olib keladigan xatti-harakatlarning oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rishni buyurdi. Sud zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirmadi.
Isroil va HAMAS garovga olingan isroilliklar va falastinlik asirlarni ozod qilish evaziga G‘azoda bir oy davomida o‘t ochishni to‘xtatishga prinsipial jihatdan kelishib oldi. Bitimga tomonlar o‘rtasidagi urushni qanday tugatish bo‘yicha kelishmovchiliklar to‘sqinlik qilmoqda, deb yozdi Reuters.
Yevropa Ittifoqi Isroil G‘azo bo‘yicha Bryussel taklif qilgan tinchlik rejasidan bosh tortishda davom etsa, buning oqibatlarini aniqlashtirib olmoqchi. Reja mustaqil Falastin davlatini tuzishni nazarda tutadi.
BMTning Gaagadagi sudi G‘azo aholisi genotsidi uchun JARning Isroilga qarshi bergan da’vosi bo‘yicha sud ishini boshladi. Janubiy Afrika Isroilning HAMAS hujumidan keyin qilgan harakatlarini “haddan oshish” va “genotsid” ekanini ta’kidlamoqda. Isroil rasmiylari bu ayblovlarni “qonli tuhmat” deb atadi.
Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi urushning “nisbatan yo‘naltirilgan bosqichiga” o‘tmoqda, deb yozadi New York Times. Bu anklavdagi qo‘shinlar va havo hujumlari sonini kamaytirish hamda HAMAS yetakchilarini yo‘q qilish, garovga olinganlarni qutqarish bo‘yicha maqsadli operatsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Isroil Oliy sudi uni parlament va bosh vazirning qarorlari “oqilonalik tamoyiliga” zid bo‘lsa, ularni bekor qilish huquqidan mahrum qiluvchi qonunni bekor qildi. O‘zgartirish Benyamin Netanyaxu hukumati tomonidan amalga oshirilgan va mamlakatda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan.
BMT Bosh Assambleyasi Isroilni Suriyadagi Golan tepaliklarini tark etishga chaqiruvchi rezolyutsiyani yana qabul qildi. Hujjatni 91 davlat, jumladan, O‘zbekiston ham qo‘llab-quvvatladi.
HAMAS, Isroil bilan tuzilgan kelishuvga ko‘ra, garovga olingan 13 nafar isroillikni Qizil xoch tashkilotiga topshirdi. Guruh, shuningdek, 12 nafar Tailand fuqarosini ham asirlikdan ozod qildi.
Isroil hukumati HAMAS bilan o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatish va bu davrda asirlarni almashishga kelishib oldi. Sulh vaqtida insonparvarlik yordami, dori-darmon va yonilg‘i yuklangan yuk mashinalari G‘azoga kirishi mumkin bo‘ladi. Tafsilot.
Toshkentda ko‘cha rassomi Inkuzart Falastin-Isroil urushiga bag‘ishlangan rasm chizdi. Unda qo‘liga qurol olgan Isroil harbiy xizmatchisi va yuragini unga taqdim etayotgan bolakay aks etgan.
BMT Isroilning Falastin va Suriyadagi bosib olingan hududlarida qurilgan aholi punktlarini noqonuniy deb topdi. Bu bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini 145 ta mamlakat orasida O‘zbekiston ham ma’qulladi.
Isroil urush boshlanganidan beri birinchi marta G‘azo sektorida kunlik gumanitar pauzalar qila boshladi. Har kuni 4 soat davomida harbiy harakatlar olib borilmaydi. Pauzalar vaqtida tinch aholi ikkita gumanitar koridor orqali sektorning janubiga ko‘chib o‘tishi mumkin bo‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida Isroil-Falastin mojarosi haqida gapirdi. “Biz tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlar va o‘t ochishni to‘xtatishga hamda sulh tuzishga chaqiramiz”, — dedi u. Prezident “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyilini qo‘llash tarafdori ekanini bildirdi.
Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati rahbari qo‘shinlar G‘azo shahrini qurshab olganini e’lon qildi. Uning aytishicha, sulh tuzish masalasi “kun tartibida emas”.
BMT Bosh assambleyasining G‘azo sektorida o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyasiga 120 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston yoqlab ovoz berdi. 14 ta mamlakat bunga qarshi chiqqan bo‘lsa, 45 ta mamlakat betaraf qoldi.
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi fuqarolardan raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslik va elchixonaga konsullik xizmatlarini olish uchun kelishni vaqtincha to‘xtatib turishni so‘radi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Falastin, Isroil va yana 7 ta mamlakatning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari qabul qilinib, G‘azo sektoridagi vaziyat haqida gaplashildi. Bolalar qurbon bo‘layotgan mojaroni to‘xtatishga yana bir bor chaqiramiz, deydi O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting