HAMASning Isroilga hujumlari oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan, 4 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Isroil Tashqi ishlar vazirligining rus tilidagi kanalida xabar berildi.

Unda aytilishicha, 15-oktabr holatiga ko‘ra, hujumlar oqibatida 148 nafar chet el fuqarosi halok bo‘lgan, 143 kishi bedarak yo‘qolgan.

Infografika: t.me/IsraelinRussianInfografika: t.me/IsraelinRussian

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatning Isroildagi elchixonasi vatandoshlar orasida qurbonlar borligi haqidagi ma’lumotlarga munosabat bildirganicha yo‘q.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, HAMAS hujumlari oqibatida halok bo‘lgan isroilliklar soni 1500 nafardan oshdi, 2,5 mingga yaqin odam yaralangan.

Isroil zarbalari tufayli G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 2670 kishiga yetdi, kamida 9600 kishi jarohatlangan. Isroil harbiylari G‘azo sektorini o‘qqa tutganidan keyin mingdan ortiq odam bedarak yo‘qolgani aytilmoqda.