O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi fuqarolarga yana bir bor murojaat bilan chiqdi.

Diplomatik missiya xabarida “murakkab vaziyat vujudga kelayotganini e’tiborga olib”, fuqarolardan shaxsiy xavfsizlik choralarini ko‘rishi, raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmasligi so‘ralgan.

“Zaruriyatsiz ko‘chaga va boshqa ko‘ngilochar muassasalarga tashrif buyurmang. Elchixonaga (konsullik xizmatlarini olish uchun) kelishni vaqtincha to‘xtatib turishni so‘raymiz”, — deyiladi elchixona xabarida.

Konsullik bo‘limi ishonch telefonlari: 03−672−2466, 03−672−2371, 03−758−5075, 03−758−5076.

Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun: 972 54 485 1397.

Avvalroq Tel-Avivdagi elchixona Isroilda bo‘lib turgan fuqarolardan barcha zarur ehtiyot choralarini ko‘rish, xavfsiz joylarda bo‘lish va rasmiy xabar berilmaguncha u yerni tark etmaslikni qat’iy tavsiya qilgandi.