BMT Bosh assambleyasi G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi.

Iordaniya taklif qilgan hujjatga 120 ta davlat (jumladan, O‘zbekiston) yoqlab ovoz berdi, 14 ta mamlakat (jumladan, AQSh va Isroil) qarshi chiqdi, yana 45 ta davlat (jumladan, Buyuk Britaniya, Kanada, Hindiston va Ukraina) betaraf qoldi.

бмт bosh assambleyasi, исроил, фаластин, ғазо сектори

Bosh assambleya, shuningdek, Kanada tomonidan taklif qilingan, rezolyutsiyaga HAMASning Isroilga hujum qilish va asirlarni garovga olishdagi harakatlarini qoralashni nazarda tutuvchi tuzatishni rad etdi.

Isroil Mudofaa kuchlari 27-oktabr oqshomida G‘azo sektoridagi quruqlikdagi amaliyotini “kengaytirayotgani”ni, shuningdek, havodan, yerdan va dengizdan hujumlar intensivligini oshirganini ma’lum qildi.

Bir necha kun avval BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida HAMASning Isroilga hujumi “yo‘q joydan paydo bo‘lmaganini” aytgandi. Bu fikr Isroil hukumati tomonidan qattiq tanqidga uchrab, mamlakat rasmiylari Guterrishning iste’fosini so‘ragan.

Avvalroq Xalqaro Amnistiya inson huquqlari tashkiloti Isroil va HAMASni harbiy jinoyatlarda ayblab, urushni zudlik bilan tugatishga chaqirgan bayonoti e’lon qilingandi.