Toshkentda ko‘plab graffitilari bilan tanilgan ko‘cha rassomi Inkuzart navbatdagi ishini taqdim etdi. Unda Falastin-Isroil urushi tasvirlangan.

Rasmda harbiy kiyimida Isroil bayrog‘i aks etgan, qo‘lida quroli bor askar va uning oldida yuragini unga taqdim etayotgan bolakay aks ettirilgan.

Video oxirida rassom tomonlarni sulhga chaqirib, tinchlikning xalqaro ramzini qo‘yganini ko‘rish mumkin.

inkuzart, гўдаклар, исроил, уруш, фаластин

Rassom o‘z ijodiy ishini e’lon qilarkan, post izohiga Shavkat Mirziyoyevning “Biz Falastin xalqi bilan birdam ekanimizni qat’iy bildiramiz va uning BMT Bosh assambleyasi va Xavfsizlik kengashining ilgari qabul qilingan rezolyutsiyalariga muvofiq o‘z mustaqil davlatini barpo etishga bo‘lgan huquqini qo‘llab-quvvatlaymiz”, degan so‘zlarini yozib qoldirgan.

O‘tgan yilning yozida Inkuzart Ukraina-Rossiya urushiga atalgan, o‘zida har biri turli burchaklardan ko‘rinadigan ikki portretni taqdim etgandi — unda Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy tasvirlari mujassamlashtirilgan. “Har kimning o‘z haqiqati borligini aytmoqchi bo‘ldim”, — degandi ijodkor “Gazeta.uz”ga.