Farg‘ona shahrida Nexia piyodani urib ketdi, deya xabar qilmoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

26 dekabr kuni soat 20:10 larda Farg‘ona shahar Yormozor ko‘chasidan o‘tgan 4R-112 «Farg‘ona xalqasi» avtomobil yo‘lining 218-kilometrida 1974 yilda tug‘ilgan I.N. Nexia avtomobilini boshqarib ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan, Farg‘ona shahrida yashovchi 1973 yilda tug‘ilgan M.B.ni urib yuborgan.

Oqibatda piyoda M.B. jarohat olib voqea joyida vafot etgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.