Farg‘ona vodiysi viloyatlarida Mobiuz va Ucell mobil operatorlari mijozlari aloqa va internet muammolariga duch kelishdi. Kompaniyalar magistral yo‘lda avtohalokat sodir bo‘lgani haqida xabar berdi.

Ucell kompaniyasi matbuot xizmati Farg‘ona vodiysining ushbu uch hududida LTE (4G) tarmog‘i ishida avtomagistraldagi avariya tufayli uzilishlar bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.

«Ayni damda nosozliklarni tezda bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ovozli aloqa (2G tarmog‘ida) hamda internet (3G tarmog‘ida) barqaror ishlamoqda», — deyiladi xabarda.

Mobiuz tarmoqda olib borilayotgan avariya-tiklash ishlari munosabati bilan 25 sentabr kuni Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ma’lumotlar uzatish xizmatlarida uzilishlar bo‘lishi mumkinligini qayd etdi. «Gazeta.uz»ga uyali aloqa operatorining qo‘ng‘iroqlar markazi avariya yakshanba kuni ertalab sodir bo‘lgani haqida xabar berdi, biroq avariya sabablari va nosozliklarni bartaraf etish vaqtini aytib bera olmadi. Keyinchalik, Mobiuz 19:16 da «Gazeta.uz»ga soat nosozliklar 18:16 da bartaraf etilganini ma’lum qildi.

Uzmobile kompaniyasi esa o‘z tarmog‘ida cheklovlarga duch kelinmayotganini bildirdi. Beeline ham nosozliklar haqida xabar kelib tushmaganini qayd etdi.