Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida Nexia-2 va Damas ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qildi viloyat IIB matbuot xizmati.

2023 yilning 5 yanvar kuni soat 11:00 larda 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro R.M. boshqaruvidagi Nexia-2 «Oqtepa» mahalla hududida 1966 yilda tug‘ilgan fuqaro M.R. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomobil bilan to‘qnashib ketgan.

йтҳ, фарғона

Oqibatda Damas haydovchisi M.R. olgan tan jarohati sabab ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Farg‘ona tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.