Farg‘ona viloyatida yuz bergan ikki yo‘l-transport hodisasida ikki kishi vafot etdi. Bu haqda IIV xabar qildi.

7 yanvar soat 14:00 larda Beshariq tumanidan o‘tgan 4K-896 avtomobil yo‘lining 6-kmida Nexia qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Shu sabab u o‘z yo‘nalishida kelayotgan Lacetti bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Nexia yo‘lovchisi jarohat olib shifoxonada vafot etgan.

Shuningdek, 8 yanvar kuni Farg‘ona shahar Yangi asr ko‘chasida yo‘l chetida harakatlanib kelayotgan ikki piyodani 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Cobalt urib ketgan.

Oqibatda piyodalarning biri voqea joyida vafot etgan, ikkinchisi shifoxonaga yotqizilgan.