Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik yuk tashuvchi haydovchilarning Mariupol metallurgiya kombinatida ushlab turilgani haqidagi murojaati tarqaldi. O‘zbekiston TIV ular harbiy harakatlar hududidan evakuatsiya qilingani va vatanga qaytayotganini ma’lum qildi.
Chorshanba kuni Ukrainadan yana 146 nafar o‘zbekistonlik, shu jumladan, 42 nafar ayol, 12 nafar voyaga yetgaman bola va 2 nafar chaqaloq Polsha orqali olib kelindi. Evakuatsiya boshlangan kundan to hozirga qadar 27 ta aviareys yordamida jami 6030 nafar fuqaro vatanga qaytarildi.
O‘zbekiston fuqarolarini Polsha orqali Ukrainadan evakuatsiya qilish jarayoni nihoyasiga yetdi. Polshadan jami 25 aviareys vositasida 5786 nafar fuqaro vatanga olib kelindi. «Boshqa davlatlar orasida O‘zbekiston Ukrainadan o‘z fuqarolarini birinchi bo‘lib evakuatsiya qildi», — dedi O‘zbekistonning Polshadagi elchisi Bahrom Boboyev.
15 mart kuni Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 250 nafar o‘zbekistonlik olib kelindi. Jami 26 ta aviareysda 5884 fuqaro evakuatsiya qilindi.
Polsha orqali yana 254 nafar o‘zbekistonlik, shu jumladan 69 nafar ayol, 37 nafar voyaga yetgaman shaxs va 14 nafar chaqaloq Ukrainadan vatanga qaytarildi. 28 fevraldan beri evakuatsiya qilinganlarning umumiy soni 5634 nafarga yetdi.
Ukrainani tark etgan 98 nafar O‘zbekiston fuqarosi Buxarest (Ruminiya) aeroporti orqali Moldovadan evakuatsiya qilindi. Yana bir reys 11 mart kuni Polshadan amalga oshirilishi rejalashtirilgan. U yerda 200 dan ortiq o‘zbekistonliklar qolmoqda.
Ukrainadan Polsha orqali evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar soni 5037 nafarga yetdi. Sumi shahridan 23 nafar talaba evakuatsiya qilingan. TIV evakuatsiya ishlarida asosiy e’tibor urush harakatlari kuzatilayotgan chekka hududlarda qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolarini olib chiqishga qaratilganini ma’lum qildi.
28-fevraldan 5-martga qadar Ukrainadan Polsha orqali jami 3 685 nafar o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilindi. Polsha hududida 850 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi qolayotgani aytilmoqda.
5 martga qadar 14 ta aviareys bilan 3245 nafar o‘zbekistonlik Polsha orqali Ukrainadan evakuatsiya qilindi. Diplomatlar jang ketayotgan hududlardan ham fuqarolarni olib chiqishga harakat qilmoqda. Jumladan, hozirda Sumi viloyatidan 25 nafar talabani evakuatsiya qilish uchun «yashil yo‘lak» ochish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Ukrainadan Polsha chegarasiga kiraverishda uch nafar o‘zbekistonlik yo‘l transport hodisasiga uchradi. O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Kurmanovning ma’lum qilishicha, ulardan biri vafot etgan, qolgan ikki nafari esa Lvovdagi shahar kasalxonasiga yotqizilgan.
Prezident videoselektorda Ukrainadan evakuatsiya qilingan talabalar O‘zbekistondagi OTMlarda o‘qishini davom ettirishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilishini ma’lum qildi. «Ukraina oliygohlarida 370 dan ziyod yoshlarimiz ta’lim olmoqda va shundan 200 ga yaqini Vatanga qaytarildi. Qolganlarini ham yaqin 1 haftada qaytarish uchun barcha choralarni ko‘rayapmiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Umumiy hisobda 1859 nafar O‘zbekiston fuqarosi Polsha orqali Ukrainadan evakuatsiya qilindi. Yana 1100 o‘zbekistonlik Polsha hududida qolmoqda.
Ukrainadagi vaziyat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tayyorlashni buyurgan Shavkat Mirziyoyev, Ukrainadan o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilinishi davom etayotgani, o‘zbek paxtasi bolalar mehnatidan holi bo‘lganini qayd etgan XMT, «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonunni ma’qullagan deputatlar, qayta tashkil etilgan Mahalla vazirligi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 2 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining aytishicha, O‘zbekiston elchixonasini Kiyevdan evakuatsiya qilish masalasi ko‘rib chiqilmayapti, chunki hozirda diplomatik vakolatxona faoliyatining asosiy ustuvor yo‘nalishi mamlakat fuqarolarini xavfsiz evakuatsiya qilish hisoblanadi.
Ukrainadan evakuatsiya qilingan 253 nafar o‘zbekistonlik chiqqan uchinchi maxsus reys Polshaning Katovitse shahridan Toshkentga qarab uchib ketdi. Bort taxminan 20:45 da qo‘nishi kutilmoqda.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining bortida Ukrainadan evakuatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan birinchi samolyoti 28 fevral kuni Toshkent shahriga kelib qo‘ndi. Samolyot Polshaning Katovitse shahridan 251 o‘zbekistonlikni olib keldi. «Gazeta.uz» muxbiri maxsus reys fuqarolari va uchib kelish zalida ularni kutib olayotgan insonlar bilan muloqot qildi.
1 mart kuni ertalab Uzbekistan Airways`ning ikkinchi maxsus reysi Ukrainadan evakuatsiya qilingan 258 nafar O‘zbekiston fuqarosini Polshadan olib keldi.
28 fevral kuni soat 23:00da Toshkent aeroportiga Ukrainadan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklarning birinchi reysi qo‘ndi.
Transport vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda Ukrainadan evakuatsiya qilinayotgan O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga olib kelish uchun tashkil etilayotgan maxsus aviareyslar uchun chiptalar sotilayotganligi haqidagi ma’lumotni rad etdi. Polshaning Katovitse shahridan maxsus reyslar O‘zbekiston hukumati tomonidan bepul tashkil etilayotgani aytildi.
O‘zbekiston TIV Ukrainadagi o‘zbekistonliklarni Polsha orqali evakuatsiya qilish uchun birinchi reysni 28 fevralda amalga oshirish rejalashtirilgan. Bugungi kunda 600 nafardan ortiq fuqarolar Polsha chegarasiga yetkazilgan, ularning 110 nafarga yaqini chegarani kesib o‘tgan.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting