Qamchiq dovoni qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelgani sababli 4 yanvar kuni soat 00:00 dan avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgandi. Dovonda qolib ketgan yo‘lovchilarga maxsus reys orqali poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

«Angren Land» oshxonasida FVV rahbarligida daxldor korxona va tashkilotlarning mas’ul va mutasaddilaridan iborat fuqarolarni qabul qilish — evakuatsiya shtabi tuzilib, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ hamkorligida yo‘lda qolib ketgan yo‘lovchilarga maxsus reys orqali poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi va isinish maskanlari tashkil etildi.

evakuatsiya, қамчиқ dovoni

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Qamchiq dovoni yo‘llarida qolib ketgan haydovchilarga FVV qutqaruvchilari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, «Angren Land», «Zamin-2», «Uchquduq» oshxonalari fuqarolarni vaqtincha qabul qilish hamda «Angren kon metallurgiya» texnikumi, «Fayz», «Shodiyor», «Elba» mehmonxonalari esa joylashtirish uchun faoliyat olib bordi.

Dovon vaqtincha yopilib qolgan vaqtda Qamchiq avtoyo‘l va «Qamchiq» MQYOQB, Toshkent viloyati FVBdan jami 113 ta maxsus texnika hamda 250 nafar shaxsiy tarkib xizmatga jalb etildi. Vaziyat FVV rahbariyati nazoratida.

evakuatsiya, қамчиқ dovoni

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Fuqarolardan dovonda ob-havo barqaror bo‘lmaguniga qadar vaqtinchalik harakatlanmaslik so‘ralgan.

Qamchiq dovoni ochildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, yo‘lni qordan tozalash, muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish va qum-tuz aralashmasini sepish ishlari to‘xtovsiz olib borildi. Ishlar natijasida 4 yanvar kuni soat 10:00 da dovon avtomobillar harakati uchun qayta ochildi.