9 fevral kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligining maxsus borti orqali Turkiyaning Gaziantep va Shanliurfa shaharlarida yashovchi 17 kishi Toshkent shahriga evakuatsiya qilindi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Ular orasida 11 nafar O‘zbekiston, 6 nafar Qirg‘iziston va 1 nafar Rossiya fuqarolari bor.

O‘sha kuni ertalab ushbu samolyot 6 fevral kuni sodir bo‘lgan zilziladan eng ko‘p jabr ko‘rgan Hatay viloyatiga insonparvarlik yordamining navbatdagi partiyasi va 71 nafar mutaxassisdan iborat tibbiy guruhni, jumladan, kinologiya xodimlarini yetkazib bergandi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, payshanba oqshomiga qadar Turkiyaning Hatay viloyatida qidiruv-qutqaruv ishlarida ishtirok etayotgan mamlakat qutqaruvchilari vayronalardan jami 50 nafar jasadni olib chiqqan. Bundan tashqari, ular 13 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lgan.