15 mart kuni Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 250 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shu jumladan 43 nafar ayol, 20 nafar voyaga yetgaman shaxs va 8 nafar chaqaloq olib kelindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili xabar berdi.

28 fevraldan 11 martga qadar 26 ta aviareys tashkillashtirilgan. Diplomatik vakolatxonalarning sa’y-harakatlari natijasida harbiy harakatlar bo‘layotgan hududdan 5884 nafar o‘zbekistonlik, jumladan 300 nafar ayol, 700 dan ziyod 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 40 nafar imkoniyati cheklangan shaxslar, shuningdek talabalar va mehnat migrantlari olib chiqilgan.

«O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi (vaqtincha Lvov shahrida joylashgan) mamlakatning chekka hududlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya punktlariga olib kelish yuzasidan yordam ko‘rsatmoqda», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi tomonidan hujjati yo‘q 322 nafar o‘zbekistonlik uchun Vatanga qaytish uchun sertifikatlar rasmiylashtirilgan.