Ukrainadan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklarning soni 5,5 ming nafardan oshdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston TIV.

11 mart kuni Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali yana 254 nafar O‘zbekiston fuqarosi O‘zbekistonga olib kelindi. Ular orasida 69 nafar ayol, 37 nafar voyaga yetgaman shaxs va 14 nafar chaqaloq bo‘lgan.

28 fevraldan 11 martga qadar 25 ta aviareys tashkillashtirildi hamda harbiy harakatlar kechayotgan hududlardan 5 634 nafar o‘zbekistonliklar qaytarildi.

Avvalroq, Ukrainani tark etgan 98 nafar O‘zbekiston fuqarosi Buxarest (Ruminiya) aeroporti orqali Moldovadan evakuatsiya qilingani haqida yozgandik.