Qozog‘istonning Aktobe viloyatida noqulay ob-havo sharoiti tufayli yo‘lda qolib ketgan ikkita yo‘lovchi avtobusidan 69 nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi, deb xabar berdi viloyat Favqulodda vaziyatlar departamenti matbuot xizmati.

Bir necha kun ketma-ket kuchli sovuq (-30 darajagacha) kuzatilayotgan Qozog‘istonning Aktobe viloyatida 11 yanvar kuni Samara-Chimkent avtomobil yo‘lining Irg‘iz tumanida yo‘lovchi avtobusi to‘xtab qolgan. U yerda 3 nafar Qozog‘iston va 38 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.

evakuatsiya, қозоғистон

Noqulay ob-havo, yo‘lning yopilishi munosabati bilan barcha yo‘lovchilar Irg‘iz qishlog‘idagi umumta’lim maktabiga joylashtirilgan.

Shu kuni xuddi shu trassada 31 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan yana bir yo‘lovchi avtobusiga yordam ko‘rsatildi. Ular vaqtincha Qorabutoq qishlog‘i masjidiga joylashtirildi.