«dxx» tegli maqolalar


DXX Namanganda 1,1 mlrd so‘mlik oltin quymalarning noqonuniy sotuviga chek qo‘ydi
31 mart 2023, 11:10

DXX Namanganda 1,1 mlrd so‘mlik oltin quymalarning noqonuniy sotuviga chek qo‘ydi

DXX Namanganda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda umumiy bahosi 1 mlrd 124 mln so‘mlik, jami 1,5 kg oltin quymalarining noqonuniy sotuviga chek qo‘ydi.

Mirzacho‘l XTB mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi — DXX
30 mart 2023, 18:34

Mirzacho‘l XTB mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi — DXX

Mirzacho‘l tuman XTB mansabdor shaxslari ortiqcha sinflar shakllantirish, ta’til, ish haqi va ustama pullarni ortiqcha to‘lash, qo‘shib yozish, kamomad kabi jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda. Ular davlatga qariyb 1,6 mlrd so‘m zarar yetkazgan. DXX ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Samarqandda fuqarolarni $24 ming evaziga Kanadaga yuborishda gumonlangan ayol ushlandi
27 mart 2023, 10:30

Samarqandda fuqarolarni $24 ming evaziga Kanadaga yuborishda gumonlangan ayol ushlandi

DXX va IIB Samarqandda fuqarolarni $24 ming evaziga Kanadaga jo‘natishda gumonlangan ayolni ushladi. U kelishilgan puldan 4 ming dollar olgan vaqtda qo‘lga tushgani aytilmoqda.

Samarqandda fuqaroni $50 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan erkak ushlangani aytilmoqda
25 mart 2023, 09:57

Samarqandda fuqaroni $50 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan erkak ushlangani aytilmoqda

DXX va IIB Samarqandda fuqaroni $50 ming evaziga Toshkent-Yevropa Ittifoqi-Meksika yo‘nalishi orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan erkakni ushlagani aytilmoqda.

Samarqandda fuqarodan AQShga yuborish uchun $10 ming olganlikda gumonlangan erkak ushlandi
18 mart 2023, 12:21

Samarqandda fuqarodan AQShga yuborish uchun $10 ming olganlikda gumonlangan erkak ushlandi

Samarqandda 43 yoshli fuqaro boshqa bir shaxsni 30 ming dollar evaziga AQShga yuborishini aytib, oldindan 10 ming dollar olganlikda gumonlanib ushlandi. Shunday holat Jizzax viloyatida ham qayd etildi.

Toshkent viloyatida 420 ming gektar yerni $700 mingga sotishga uringanlar qo‘lga olindi
13 mart 2023, 16:59

Toshkent viloyatida 420 ming gektar yerni $700 mingga sotishga uringanlar qo‘lga olindi

DXX Ohangaron tumanida 420 ming gektar yerni $700 mingga sotishda gumonlangan ferma rahbari, uning otasi va mahalla raisini qo‘lga oldi. Shuningdek, Jizzax va Andijonda ham noqonuniy yer sotish holatlari aniqlandi.

Namanganda 14,5 kg narkotik moddasining muomalaga kiritilishi oldi olindi
10 mart 2023, 11:43

Namanganda 14,5 kg narkotik moddasining muomalaga kiritilishi oldi olindi

Yangiqo‘rg‘on tumanidagi «o‘zbek-qirg‘iz» davlat chegarasida 14,5 kg «gashish», 50 gr «geroin» moddasi va boshqa turdagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishi oldi olindi.

Samarqandda fuqaro er-xotinni $40 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lganda ushlangani aytilmoqda
3 mart 2023, 16:34

Samarqandda fuqaro er-xotinni $40 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lganda ushlangani aytilmoqda

Samarqandda fuqaro er-xotinni 40 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga yubormoqchi bo‘lgani aytilmoqda. U 12 ming dollarni olayotgan paytda ushlandi, deyiladi DXX xabarida.

«Xalq banki»ning Sirdaryodagi filialida 3,8 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aytilmoqda
3 mart 2023, 10:05

«Xalq banki»ning Sirdaryodagi filialida 3,8 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aytilmoqda

«Xalq banki»ning Xovos filialida 3,8 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aytilmoqda. DXX holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, bankning bir nafar mas’uli qamoqqa olinganini ma’lum qildi.

DXX korrupsiya va firibgarlikda gumonlangan mansabdorlarni qo‘lga oldi
2 mart 2023, 11:31

DXX korrupsiya va firibgarlikda gumonlangan mansabdorlarni qo‘lga oldi

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahri va Farg‘ona, Namangan viloyatlarida korrupsiya va firibgarlikda gumonlangan mansabdorlarni qo‘lga oldi. Ular fuqarolardan 5−10 ming dollar olayotgan vaqtlarida ushlangani aytilmoqda.

DXX O‘zbekistonga qo‘shni davlatlardan 56 kg narkotik moddalar olib kirilishining oldini oldi
1 mart 2023, 12:58

DXX O‘zbekistonga qo‘shni davlatlardan 56 kg narkotik moddalar olib kirilishining oldini oldi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Tojikiston va Qirg‘izistondan umumiy og‘irligi 56 kg bo‘lgan gashish va opiy olib kirilishi bilan bog‘liq holatlarning oldini oldi.

Navoiyda prokuratura noziri, Jizzaxda sud xodimi, Samarqandda esa Milliy gvardiya qorovuli ushlandi
28 fevral 2023, 11:46

Navoiyda prokuratura noziri, Jizzaxda sud xodimi, Samarqandda esa Milliy gvardiya qorovuli ushlandi

DXX xodimlari prokuratura, sud, Milliy gvardiya va advokatura xodimlarini qo‘lga oldi. Ularga firibgarlik, pora olish kabi ayblovlar qo‘yilgan.

Toshkent viloyatida madaniy meros obyektlariga zarar yetkazganlar qamaldi
24 fevral 2023, 17:31

Toshkent viloyatida madaniy meros obyektlariga zarar yetkazganlar qamaldi

Nurafshon shahrida «Ulkan To‘ytepa» arxeologiya yodgorligiga 300 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazgan fuqaro 1 yilu 7 oyga, Qibray tumanida «Qilichli ota» ziyoratgohini ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘ning 263 mln so‘mini talon-toroj qilgan shaxs esa 5 yilu 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Qashqadaryo va Sirdaryoda noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22 fevral 2023, 11:16

Qashqadaryo va Sirdaryoda noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

DXX tezkor tadbir o‘tkazib, Qashqadaryoda jami 99 gektar yerni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbarlari va xodimini qo‘lga oldi. Sirdaryoda ham muqaddam sudlangan shaxs bog‘ yaratish uchun berilgan yerni 30 ming dollarga sotmoqchiligi ma’lum bo‘ldi. Hozir ushbu shaxslarga jinoyat ishi ochildi.

Toshkentda Telegram orqali narkotik sotganlikda gumonlangan 3 kishi qo‘lga olindi
21 fevral 2023, 12:20

Toshkentda Telegram orqali narkotik sotganlikda gumonlangan 3 kishi qo‘lga olindi

Telegram orqali giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangani gumon qilingan 3 nafar shaxs ushlandi. Ularning yetakchisi boshqalarni kaltaklash uchun 300−500 dollarga yollagan 17 kishi ham hibsga olindi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda fuqarolar 1 mln dollarga radioaktiv qurilma sotganlikda gumonlanmoqda
17 fevral 2023, 10:27

Samarqandda fuqarolar 1 mln dollarga radioaktiv qurilma sotganlikda gumonlanmoqda

DXX va Samarqand viloyati IIB radioaktiv va zaharli qurilmalarni 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqarolarni aniqlagani aytilmoqda. Ular qurilmani 200 ming dollarga sotayotgan paytda qo‘lga olingani aytilmoqda.

Qashqadaryoda ikki shaxs qalbaki 5 ming dollarni 25 mln so‘mga sotishda gumonlanib ushlandi
15 fevral 2023, 15:38

Qashqadaryoda ikki shaxs qalbaki 5 ming dollarni 25 mln so‘mga sotishda gumonlanib ushlandi

Muborak tumanida yashovchi shaxs Qozog‘istondan olib kelingan 5 ming AQSh dollarini 25 million so‘mga sotayotgan vaqtida gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qashqadaryoda qurilish firmasi vakilidan 370 mln so‘m «otkat» olayotgan hokimlik xodimi ushlandi
12 fevral 2023, 11:37

Qashqadaryoda qurilish firmasi vakilidan 370 mln so‘m «otkat» olayotgan hokimlik xodimi ushlandi

Yakkabog‘ tumani hokimligi xodimi 5 mlrd so‘mlik tenderda yutishi uchun qurilish firmasi vakilidan 370 mln so‘m olayotgan vaqtda ushlandi. Tezkor surishtiruv harakatlari davomida ishga aloqador bo‘lgan maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimi ham qo‘lga olindi.

DXX 3 ta viloyatda 11,4 kg giyohvand moddalarini musodara qildi
11 fevral 2023, 10:44

DXX 3 ta viloyatda 11,4 kg giyohvand moddalarini musodara qildi

DXX Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlarida giyohvand moddalari savdosi bilan bog‘liq holatlarni aniqladi. Barcha holatda giyohvandlik vositalari mamlakatga Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan. Gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Sirdaryoda MCHJ rahbari, Andijonda esa 2 fuqaro yerni noqonuniy sotishda gumonlanmoqda
10 fevral 2023, 16:55

Sirdaryoda MCHJ rahbari, Andijonda esa 2 fuqaro yerni noqonuniy sotishda gumonlanmoqda

DXX Sirdaryo va Andijon viloyatlarida yerni mos ravishda 12,5 ming dollar va 148,2 mln so‘mga noqonuniy sotishga uringanlikda gumonlanganlarni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting