Davlat xavfsizlik xizmati 250 mln so‘mdan ortiq qalbaki kupyuralarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxsni ushladi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Holat Toshkent viloyati Bekobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.

Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida yashovchi fuqaro noqonuniy tarzda qo‘lbola usulda tayyorlangan 250 mln 800 ming so‘m miqdoridagi 100 ming so‘mlik qalbaki kupyuralarni 100 mln so‘mga sotishga uringan, deyiladi xabarda.