O‘zbekistonda Skype shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunni buzuvchilar reyestridan chiqarildi. AKT vazirligi ushbu reyestrga kiritilgan boshqa xizmatlarga taqiqni bosqichma-bosqich olib tashlash bo‘yicha ishlar olib borilayotganini qayd etdi.
Maxsus komissiya tomonidan O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi aviaqatnovlarga joriy etilgan cheklovlar bekor qilindi.
O‘zbekiston va sakkizta davlat — Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika o‘rtasidagi xalqaro aviareyslarga cheklov yana bir oyga cho‘zildi.
Yangi koronavirus aniqlangan Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va JAR bilan aviaqatnovlarga qo‘yilgan taqiq muddati 1 fevralgacha uzaytirildi.
21 dekabrdan 10 yanvarga qadar O‘zbekiston Yevropaning 6 ta hamda Avstraliya va JAR bilan aviareyslarni to‘xtatmoqda. Bunga ushbu davlatlarda yangi koronavirus infeksiyasi aniqlanish holatlari soni tubdan oshib ketib, epidemiologik vaziyat keskin yomonlashuvi sabab bo‘lgan.
Uzbekistan Airways reyslarida qo‘l yuklari tashuviga cheklovlar joriy etildi. Mazkur qaror ijtimoiy masofani saqlash va o‘rindiqqa joylashish vaqtini qisqartirish maqsadida qabul qilindi.
Avtotransport harakati uchun belgilangan cheklovlar ayrim toifadagi transport vositalariga tatbiq etilmaydi. Ba’zi hollarda, maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) avtotransport vositasining harakatiga ruxsat beriladi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting