O‘zbekiston Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika o‘rtasidagi xalqaro avireyslarga (kirish, chiqish va tranzit) qo‘yilgan cheklov muddatini 1-martga qadar uzaytirdi. Bu mazkur mamlakatlardan virusning yangi shtammlarini kirib kelishini oldini olish maqsadida amalga oshirildi, deyiladi Respublika maxsus komissiyasi qarori da.

Avvalroq, cheklov 21-dekabrdan 10-yanvargacha belgilanib, keyinroq muddat 1-fevralga qadar uzaytirilgan edi. Oldingi ro‘yxatga Germaniya kiritilmagan edi, maxsus komissiya bu safargi qarorida ushbu davlatni ham qo‘shdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu davlatlarda so‘nggi 14 kun davomida bo‘lgan holda uchinchi davlat orqali mamlakatga kirib kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 14 kun davomida vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasida yoki tegishli mehmonxonada karantinga olinadi.