15 yanvar kuni Toshkentdagi barcha savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, ko‘ngilochar savdo markazlari va istiroxat bog‘lari qisqartirilgan ish rejimiga o‘tkazilgandi. 26 yanvar kuni poytaxt hokimligi ushbu cheklov bekor qilinganini ma’lum qildi.

«Bugungi kunda havo harorati yaxshilanayotganligi va holat barqarorlashayotganligi bois yuqoridagi barcha korxonalar doimdagidek ish rejimida faoliyat olib borishlari mumkin», — deyiladi hokimlik xabarida.

Bungacha barcha savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, ko‘ngilochar savdo markazlari va istiroxat bog‘lari ish faoliyati ertalab soat 10:00 dan 17:00 ga qadar davom etayotgandi.