Surxondaryoda viloyatida metan gaz quyish shoxobchalari ish vaqtiga cheklov kiritildi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Viloyatda joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) 2023-yil 7-dekabrdan boshlab soat 8:00 dan 17:00 gacha faoliyat yuritadi.

Bundan maqsad birinchi navbatda tabiiy gaz yetkazib berilishi muhim hisoblangan aholi, shifoxona, maktab hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti kabi ahamiyatga ega muassasalarning tabiiy gaz ta’minoti barqarorligini ta’minlash ekani aytilgan.

Shuningdek, “Hududgazta’minot”ning Surxondaryodagi filiali tabiiy gazdan debitor qarzdorligi sabab viloyatdagi 28 ta metan gaz quyish shoxobchalari tarmoqdan vaqtincha uzilganini ma’lum qildi.

Avvalroq Andijon viloyatida (soat 06:00 dan 15:00 gacha) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (soat 06:00 dan 15:00 gacha) xuddi shunday cheklovlar joriy etilgandi.