Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, Germaniya bilan aviareyslarni (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublikaga kirish) to‘xtatish bo‘yicha joriy etilgan cheklov bekor qilindi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hozirda 1 martga qadar O‘zbekiston va Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya hamda Janubiy Afrika davlatlari o‘rtasidagi xalqaro avireyslarga (kirish, chiqish va tranzit) cheklovlar joriy etilgan.