O‘zbekiston bo‘ylab metan zapravkalari vaqtincha kun davomida faqat 6 soat faoliyati olib boradi, deb xabar bermoqda “Hududgazta’minot” kompaniyasi axborot xizmati.

Energetika vazirligi 8-dekabr aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida metan zapravkalari ishlash vaqtini cheklash choralari ko‘rilayotgani va rejaga muvofiq, ular soat 6:00 dan soat 15:00 ga qadar ishlashini bildirgandi.

12-dekabr kuni “Hududgazta’minot” ayrim joylarda iste’mol ortgani sababli gaz bosimi pasayishi kuzatilayotganini bildirdi. Shuning uchun bugundan AGTKSHlar ish vaqtiga o‘zgartirishlar kiritilib, soat 06:00 dan 12:00 gacha etib belgilandi.

“Ushbu choralar vaqtinchalik bo‘lib, havo harorati keskin pasayib ketgan vaqtda qo‘llaniladi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov avvalroq deputatlarga joriy qishda energetika inqirozining oldini olish bo‘yicha qanday chora-tadbirlar ko‘rilgani, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan gaz va elektr quvvati taqchilligi qaysi manbalardan qoplanishi haqida ma’lumot bergandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan qish mavsumida gaz tanqisligining eng yuqori darajasi kuniga 21,6 million kub metrga yetgan. 2023-yilda gaz tanqisligini o‘tkazish quvvati 18−20 million kub metrdan 35−40 million kub metrgacha ko‘tarilgan gaz omborlaridan to‘ldirish, shuningdek, Uzbekistan GTL sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish majmuasiga gaz yetkazib berishni kuniga 5 million kub metrga qisqartirish rejalashtirilgan.

Zarur bo‘lganda, ayrim gaz quyish shoxobchalariga (AGTKSH) gaz ta’minoti 30 foizga qisqartiriladi: hozirda ular kuniga 15 million kub metr gaz oladi, 5 million kub metrga cheklovlar joriy etilishi mumkin.

“O‘ztransgaz”, “Xududgazta’minot”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “O‘zenergoinspeksiya” va boshqa korxonalar rahbarlari prezidentga qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha hisobot bergandi. Ular energiya tizimi “har qanday ob-havo injiqligi va anomal sovuqqa tayyor”ligini ma’lum qilgan.