«belarus» tegli maqolalar


O‘zbekiston TIV Belarus tashqi ishlar vaziri vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
28 noyabr 2022, 10:30

O‘zbekiston TIV Belarus tashqi ishlar vaziri vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston TIV Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makeyning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. «So‘nggi yillarda u ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashga katta hissa qo‘shdi», — deyiladi xabarda. Vladimir Makey 27 noyabr kuni noma’lum sabablarga ko‘ra vafot etgandi.

«Shanxay oilasining to‘liq a’zosi bo‘lishimiz vaqti keldi» — Aleksandr Lukashenko
15 sentabr 2022, 19:31

«Shanxay oilasining to‘liq a’zosi bo‘lishimiz vaqti keldi» — Aleksandr Lukashenko

Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko SHHT bosh kotibi Chjan Min bilan uchrashuvda mamlakat tashkilot bilan hamkorlikni rivojlantirishga 12 yil avval qaror qilganini ta’kidladi. «Bu bizning siyosiy, iqtisodiy va balki harbiy-siyosiy kelajagimizdir», — dedi Belarus prezidenti.

Belarusning birinchi rahbari Stanislav Shushkevich vafot etdi
4 may 2022, 14:11

Belarusning birinchi rahbari Stanislav Shushkevich vafot etdi

Belarusning birinchi rahbari Stanislav Shushkevich 88-yoshida vafot etdi. U 1991 yilda SSSR tugatilishi va MDH tashkil etilishi bo‘yicha Belovej kelishuvlarida Belarus vakili sifatida ishtirok etgan edi.

Belarus Toshkentda tramvayni qayta tiklash loyihasida ishtirok etish istagida
25 aprel 2022, 18:06

Belarus Toshkentda tramvayni qayta tiklash loyihasida ishtirok etish istagida

Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko Toshkentda tramvay qurish loyihasida ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi. Belarus tomoni infratuzilma, loyihalashtirish va harakat tarkibini yetkazib berish bilan bog‘liq yechimlarni taklif qilmoqda. «Agar shunday qaror qabul qilinsa, biz O‘zbekistonda ishlab chiqarish imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz», — dedi Golovchenko.

«O‘ylashimcha, O‘zbekiston ham Ittifoq davlatiga qo‘shiladi» — Lukashenko
8 fevral 2022, 10:34 1

«O‘ylashimcha, O‘zbekiston ham Ittifoq davlatiga qo‘shiladi» — Lukashenko

Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston va sobiq ittifoq hududidagi ayrim davlatlar 15 yildan so‘ng Rossiya va Belarusni o‘z ichiga olgan Ittifoq davlati tarkibiga kirishi mumkinligini taxmin qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu «mustaqil emas, balki suveren davlatlar» birlashmasi bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoning so‘zlariga munosabat bildirdi
13 yanvar 2022, 22:01

Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoning so‘zlariga munosabat bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Aleksandr Lukashenkoning Qozog‘istondagi voqealar ortidan O‘zbekiston saboq olishi kerakligi haqidagi gaplariga munosabat bildirdi. U mazkur bayonotni «asossiz» deb atadi. «Har qanday tahdidga nisbatan munosib javob qaytarish va zarba berish uchun biz yetarli kuch va salohiyatga egamiz», — dedi davlat rahbari.

O‘zbekiston Qozog‘istonda sodir bo‘lgan voqealardan saboq chiqarishi kerak — Aleksandr Lukashenko
10 yanvar 2022, 14:07

O‘zbekiston Qozog‘istonda sodir bo‘lgan voqealardan saboq chiqarishi kerak — Aleksandr Lukashenko

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko KXSHT sammitida so‘zlagan nutqida Qozog‘istonda sodir bo‘lgan voqealardan birinchi navbatda O‘zbekiston saboq olishi kerakligini, chunki tartibsizliklar tashkilotchilari unga ko‘z tikib turganini ta’kidladi. Shu bilan birga, u Qozog‘istondagi vaziyat nafaqat tashqi, balki ichki omillarga ham bog‘liq ekanligini aytdi.

Jahon yangiliklari dayjesti
7 dekabr 2021, 23:07

Jahon yangiliklari dayjesti

Rossiyada Afrika davlatlari va Gongkongdan kelgan fuqarolarning 14 kunlik karantinga olinishi, Janubiy Koreyada koronavirusning omikron shtamiga chalinganlar soni 36 nafarga yetgani, Belarusda pirotexnika vositalari sotilishiga ruxsat berilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Iroq, Afg‘oniston va boshqa bir qator davlatlar fuqarolarining O‘zbekiston orqali Belarusga havo tranziti vaqtincha cheklandi
18 noyabr 2021, 19:23

Iroq, Afg‘oniston va boshqa bir qator davlatlar fuqarolarining O‘zbekiston orqali Belarusga havo tranziti vaqtincha cheklandi

17 noyabrdan Iroq, Suriya, Afg‘oniston, Yaman, Livan va Liviya fuqarolarining O‘zbekiston orqali Belarusga aviatranziti vaqtincha cheklandi.

Jahon yangiliklari dayjesti
12 noyabr 2021, 18:36

Jahon yangiliklari dayjesti

Hindistonda o‘z uylari ustida Pokiston bayrog‘ini ko‘targan 4 fuqaroning davlatga hiyonatda ayblanib hibsga olingani, AQSh, Buyuk Britaniya va Yevropa ittifoqi davlatlarining migratsiya inqirozida Belarusni ayblagani, Aleksandr Lukashenkoning migrantlar Donbassdan qurol o‘tkazishga uringanini aytgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Bir guruh migrantlar Belarusdan Polshaga chegarani buzib kirdi
12 noyabr 2021, 17:26

Bir guruh migrantlar Belarusdan Polshaga chegarani buzib kirdi

Chegara hududida qochqinlardan tashkil topgan bir necha o‘nlab odamlar Belarusdan Polshaga chegarani buzib kirdi. Polsha xavfsizlik kuchlari ularni to‘xtatib qolgan.

Jahon yangiliklari dayjesti
9 noyabr 2021, 21:41

Jahon yangiliklari dayjesti

Dunyo bo‘ylab COVID-19 ga chalinganlar sonining 250 mlndan oshgani, polshaliklarning Belarus chegarasidagi vaziyat tufayli amerikaliklarga murojaat qilgani, Portugaliyada yangi qonunga ko‘ra ish beruvchilar xodimlar bilan ishdan tashqari vaqtda gaplashishi taqiqlangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
22 oktabr 2021, 21:54

Jahon yangiliklari dayjesti

Rossiyaliklarning aksariyati ishlanmaydigan kunlarda O‘zbekistonga uchmoqchi ekani, Baydenning Xitoy bilan sovuq urushni xohlamasligi, Trampning yangi ijtimoiy tarmog‘iga xakerlar hujum qilgani, Belarusda niqob rejimi bekor qilingani, Aktyor Alek Bolduinni tasvirga olish paytida tasodifan operator va rejissyorni otib qo‘ygani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
27 sentabr 2021, 20:48

Jahon yangiliklari dayjesti

Yevropa Ittifoqining 2 mingdan ortiq muhojirni Belarusga chiqarib yuborishga harakat qilgani, «Tolibon»ning erkaklarga soqol olishni taqiqlagani, Kritdagi kuchli zilzila va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
10 sentabr 2021, 21:01

Jahon yangiliklari dayjesti

Rossiya va Belarus rahbarlarining Ittifoq davlati bo‘yicha kelishib olgani, Daniyaning barcha karantin cheklovlarini bekor qilgani, AQShda COVID-19'ga qarshi kengaytirilgan emlash rejasi qabul qilingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
27 avgust 2021, 21:53

Jahon yangiliklari dayjesti

AQShda respublikachilarning Jo Bayden iste’fosini talab qilishayotgani, Efiopiyada separatistlarning 210 nafar tinch aholini o‘ldirgani, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
9 avgust 2021, 21:45

Jahon yangiliklari dayjesti

Belarus rahbarining «tez orada» prezident lavozimidan ketishi mumkinligi, «Tolibon»ning 6 ta viloyat markazini egallab olgani, Kubada kichik va o‘rta xususiy tadbirkorlikka ruxsat berilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
4 avgust 2021, 21:32

Jahon yangiliklari dayjesti

Nigeriyada qaroqchilarning 80 nafar o‘quvchi evaziga 194 ming dollar talab qilayotgani, Chexiyada ikkita yo‘lovchi poyezdining to‘qnashgani, JSSTning revaksinatsiyaga moratoriy joriy etishni taklif qilayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
3 avgust 2021, 22:07

Jahon yangiliklari dayjesti

Kobulning «Tolibon» bilan sulh tuzishga tayyorligi, Iroqqa chet eldan 17 mingdan ortiq qadimiy buyumning qaytarilgani, KXDRning oziq-ovqat tanqisligi tufayli armiya zaxirasidan foydalanayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
30 iyul 2021, 21:50

Jahon yangiliklari dayjesti

Afg‘onistonda BMT missiyasiga hujum qilingani, Belarusda namoyishlardan so‘ng deyarli 4,7 ming jinoiy ish ochilgani, Tokio yaqinidagi uchta prefekturada favqulodda holat rejimi joriy etilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting