Toshkent shahrida «Yangi yil» bayramidagi dam olish kunlari munosabati bilan transportlar qatnovida ayrim o‘zgarishlar bo‘ladi.

Xususan, «Toshkent metropoliteni» DUK tomonidan bayram kunlari metro harakati qatnovining vaqti quyidagicha tashkil etiladi.

2021 yil 31 dekabr dam olish kuni metropoliten doimiy tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi. Ish vaqtining tugashi esa bir soatga uzaytiriladi.

Yani barcha metro bekatlari 31 dekabr 05:00 dan 1 yanvar soat 01:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

2022 yil 1−4 yanvar kunlari metropoliten yakshanba kuni uchun tasdiqlangan (poyezdlar 40% ga kamaytirilgan xolatda — 05:00—00:00) jadval asosida harakatlanadi.

«Toshshahartransxizmat» Aksiyadorlik jamiyati ya’ni avtobuslar ham 31 dekabr kuni shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida ishlaydi. Ish vaqtining tugashi 1 soatga uzaytirilmoqda.

1 yanvar — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar soni 40% ga kamaytirilgan holda ishga chiqarilishi rejalashtirilgan;

2022 yil 2−4 yanvar kunlari ham yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo‘yicha harakatlanish ko‘zda tutilmoqda.