Andijon shahrida yana 14 ta yangi avtobus shahar aholisiga xizmat ko‘rsata boshladi, deya xabar bermoqda viloyat matbuot xizmati.

«Alpomish merosi» MCHJ tomonidan Xitoyda ishlab chiqarilgan «Aziastar» rusumli avtobuslar 70 nafar yo‘lovchini tashish imkoniga ega. Konditsioner, videokuzatuv kamerasi bilan jihozlangan avtobuslar shahardagi qator yo‘nalishlarga qo‘yildi.


Tashkilot ta’sischisi Akmaljon Nurmatovning so‘zlariga ko‘ra, korxona xitoylik hamkorlar bilan 80 ta avtobus va 40 ta mikroavtobus olib kelish uchun tuzilgan shartnoma yakunlandi.