12 may kuni Xorazm viloyati Urganch shahri markazida «Avesto» bog‘i yonidagi chorrahada «ISUZU» avtobusi va «Lada» avtomobili ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi.

Videoregistratorga tushib qolgan lavhalardan birida avtohalokat qanday sodir bo‘lgani va avtobus ag‘darilib ketgani tasvirlangan. Yaqinidan o‘tib ketayotgan mashinalar zudlik bilan to‘xtab, haydovchilar va yo‘lovchilar odamlarga yordam berish uchun avtobus tomon yugurishgan. Ular ichkariga kirish uchun derazalarni sindirishga harakat qilishgan.

Qutqaruv xizmati yetib kelguniga qadar o‘nlab odamlar avtobusni ag‘darilgan joyidan turg‘azishga harakat qilishdi va buning uddasidan chiqishdi. Ular vafot etganlarni ko‘tarib, erga yotqizgan. Yaralanganlarning bir qismi mashinalarda olib ketilib, kasalxonaga yotqizildi.

Boshqa kadrlarda esa bir nechta tez yordam mashinalarini ko‘rish mumkin. Yo‘lovchi salonida va yerda qon izlarini, yo‘lovchilarning buyumlari atrofga sochilib ketgani va odamlarning hayqiriqlarini eshitish mumkin.

Xorazm IIB matbuot xizmati YTH natijasida og‘ir tan jarohatlari olgan avtobusning ikki nafar yo‘lovchisi voqea joyida vafot etganini ma’lum qildi. Boshqa yo‘lovchilar turli darajadagi tan jarohatlari olgan, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Jarohatlanganlar soni ochiqlanmayapti.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.