9 iyul kuni poytaxtdagi 12 ta tumanda joylashgan 98 ta masjidda Qurbon Hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi. Bu haqda Toshshahartransxizmat matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avtobuslar soat 03:00 dan 06:00 ga qadar quyidagi ko‘chalar orqali fuqarolarni masjidlarga kelib-ketishlari uchun xizmat ko‘rsatadi:

Shuningdek, 9 iyul kuni soat 00:00dan soat 07:00ga qadar quyidagi ko‘chalarda transport vositalari harakati to‘xtatiladi:

Olmazor tumani:

  • «Hazrati imom» masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasining A.Qodiriy ko‘chasidan Nurafshon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Chilonzor tumani:

  1. «Novza» masjidi oldidagi Bunyodkor 2-darajali yo‘lining Muqimiy ko‘chasidan Baynalmilal ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  2. «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidi odidagi So‘galliota ko‘chasining Bunyodkor ko‘chasidan A.To‘qay ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Shayxontohur tumani:

  1. «Xo‘ja Alambardor» masjidi oldidagi Kamolon ko‘chasining Bunyodkor ko‘chasidan Kattabog‘ 6-tor ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  2. «Shayx Zayniddin» masjidi odidagi Ko‘kcha darboza ko‘chasining Nurafshon ko‘chasidan Beshqayrog‘och ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Yunusobod tumani:

  1. «Minor» masjidi oldidagi KXAY ko‘chasining Sh. Rashidov ko‘chasidan Ko‘rgazma ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  2. «Mirza Yusuf» masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasining A.Temur shoh ko‘chasidan Bodomzor yo‘li ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Yakkasaroy tumani:

  • «Usmon bin Maz’un» masjidi oldidagi KXAY ko‘chasining Qushbegi ko‘chasidan Cho‘pon ota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Yashnobod tumani:

  • «Islom ota» masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Tolimarjon ko‘chasidan A.Fitrat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Shu bilan bir qatorda sharoit taqazo etganda shahardagi boshqa jome masjidlari atrofidagi ko‘chalar ham qisman yopilishi mumkin, deyiladi xabarda.