12 apreldan boshlab Toshkentdan Qozog‘iston shaharlariga avtobus qatnovlari qayta ochiladi, deb xabar qildi O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati.

Toshkent — Olmaota: 16:00, 17:00, 18:00, 19:30 (200 ming so‘m).

Toshkent — Qizilo‘rda: 19:00 (200 ming).

Toshkent — Nursulton: 18:00 (350 ming).

Toshkent — Turkiston: 19:00 (100 ming).

Toshkent — Chimkent: 12:00 (60 ming).

Avtobuslar Toshkent avtovokzalidan (Olmazor metro bekati) jo‘naydi. Chiptalarni avtovokzal kassalarida xarid qilish mumkin. Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon orqali olish mumkin: 71−207−87−00.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston 11 apreldan O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Rossiya bilan quruqlikdagi o‘tkazish punktlarida chegarani kesib o‘tish cheklovlarini bekor qildi. Bunda manfiy PZR testi yoki kovidga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lish talabi saqlanib qolmoqda.