Yaqin kunlarda Toshkent shahar jamoat transportida yo‘lkira narxlari oshishi va moslashuvchan tarif rejalariga o‘tilishi kutulmoqda, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” manbasi. Tariflar aynan qaysi sanadan boshlab joriy etilishi esa hozircha noma’lum.

автобuс, yo‘lkira, metro, тошкент jamoat transporti

Transport kartalari orqali 1 soat davomida boshqa transportga o‘tishda chegirma amal qiladi. Masalan, bir soat ichida bir nechta avtobusdan foydalanilsa, transport kartasidan avval 1600 so‘m, so‘ngra 400 so‘m to‘lov yechiladi, keyingilarida esa pul olinmaydi.

Bir soat ichida metrodan foydalanib, keyin avtobusga chiqilganida esa mos ravshda 1600 so‘m va 1000 so‘m to‘lov qilinadi. Shu soatning o‘zida yana avtobusga chiqilsa, birinchi martada kartadan 400 so‘m yechiladi, keyingilari esa tekin bo‘ladi.

1 soatlik almashtirish tariflarining yana quyidagicha turlari joriy etiladi:

автобuс, yo‘lkira, metro, тошкент jamoat transporti

1 soatlik tariflardan foydalanishda hisob davri yo‘lovchi transportga chiqayotgan vaqtida to‘lov qilganidan boshlanadi. Bir soatlik tarifda metrodan faqat bir marta foydalanish mumkin bo‘ladi. Bu vaqt ichida ikki marta metrodan foydalanilsa, hisob davri yangidan boshlanadi.

Shuningdek, yo‘lovchilar uchun kunlik, haftalik, oylik va yillik tarif rejalari ham taklif etiladi. Ularni sotib olishda imtiyozli foydalanuvchilar uchun 50 foiz chegirma beriladi. Bu tariflarda belgilangan vaqt davrida cheksiz marta qatnov amalga oshirish mumkin bo‘ladi.


автобuс, yo‘lkira, metro, тошкент jamoat transporti

Avtobus uchun tariflar quyidagicha:

  • 1 kunlik — 6 ming so‘m.
  • 5 kunlik — 23 ming so‘m.
  • 7 kunlik — 30 ming so‘m.
  • 10 kunlik — 47 ming so‘m.
  • 15 kunlik — 71 ming so‘m.
  • 20 kunlik — 94 ming so‘m.
  • 1 oylik — 140 ming so‘m.
  • 3 oylik — 400 ming so‘m.
  • 6 oylik — 720 ming so‘m.
  • 1 yillik — 1 mln 350 ming so‘m.

Avtobus + metro uchun tariflar quyidagicha:

  • 1 kunlik — 7 ming so‘m.
  • 5 kunlik — 32 ming so‘m.
  • 7 kunlik — 40 ming so‘m.
  • 10 kunlik — 64 ming so‘m.
  • 15 kunlik — 97 ming so‘m.
  • 20 kunlik — 129 ming so‘m.
  • 1 oylik — 194 ming so‘m.
  • 3 oylik — 550 ming so‘m.
  • 6 oylik — 1 mln so‘m.
  • 1 yillik — 1 mln 900 ming so‘m.

Ma’lumot o‘rnida, may oyi oxirida Toshkentda jamoat transportida naqd pulda to‘lanadigan yo‘l haqi kartada to‘langan summadan ko‘ra qimmatlashishi kerak edi. Yangi tizimda bir transportdan boshqasiga o‘tish uchun yangi tariflar paydo bo‘lishi rejalashtirilgandi. Unda bir soat ichida karta orqali to‘lab “peresadka” qiladigan bo‘lsangiz, ikkinchi transportda chipta narxi arzonga tushishi aytilgandi. O‘zgartirishlar O‘zbekiston prezidentining fevraldagi jamoat transporti tizimini isloh qilish to‘g‘risidagi qarorida ko‘zda tutilgan, biroq keyinroq o‘zgarishni bahordan kuzga ko‘chirishga qaror qilindi.

Qayd etish joizki, naqd pulsiz qilingan to‘lovlarni rag‘batlantirish bir qator afzalliklarga ega. Birinchi navbatda metro kassalaridagi navbatlar qisqaradi. Bu kassirlarning ish haqi uchun xarajatlarni optimallashtirishni anglatadi. Avtobuslar tezligi va yo‘lovchilar xavfsizligi ortadi, chunki konduktorlar naqd pul to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishga, haydovchilar ularga e’tibor qaratishga kamroq vaqt sarflaydi.

Yo‘l haqi qimmatlashadimi yoki arzonlashadimi?

Yangi tizimga o‘tish bilan naqd pulda to‘lanadigan yo‘lkiralarning narxi 1400 so‘mdan 2000 so‘mgacha (deyarli 50 foizga) oshadi. Bank va transport kartalari, shuningdek, ATTO ilovasi (shu jumladan virtual transport kartalari) orqali to‘lovlarni amalga oshirishda bir martalik to‘lov 1600 so‘mni tashkil qiladi.

Yo‘lovchilar yo‘l haqini transport kartasi yoki ATTO ilovasi (bank kartasi bilan emas) orqali to‘lasa, 70 foizgacha tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Agar hozir bir avtobusdan boshqa bir avtobusga o‘tayotgan yo‘lovchi ikki marta 1400 so‘m to‘layotgan bo‘lsa, “peresadka”ni o‘z ichiga olgan tariflar bilan ikkita avtobusda bir soatlik yo‘lkira to‘lovi bor-yo‘g‘i 2000 so‘m bo‘ladi: birinchi yo‘lga 1600 so‘m, ikkinchisiga 400 so‘m. 3-avtobusga ham bir soat ichida o‘tilsa, u bepul bo‘ladi.

Yo‘l haqini transport kartalari va ATTO ilovasi bilan to‘layotgan yo‘lovchilar uchun avtobusdan metroga o‘tish narxi 1000 so‘mni tashkil qiladi.

Bunga qadar poytaxtda jamoat transporti uchun narxlar so‘nggi marotaba 2019-yilning avgust oyida — 1200 so‘mdan 1400 so‘mgacha oshirilgan edi.