1-iyundan boshlab Toshkent shahrida 103-sonli avtobus yo‘nalish harakati qisqartirilmoqda. Yo‘nalishning qisqargan qismiga yangi avtobus qo‘yildi. Shuningdek, qator yo‘nalishlar grafigi o‘zgaradi. Bu haqda Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

avtobus, тошкент

103-sonli avtobus shu vaqtgacha “Quyoshli” qo‘rg‘onidan “Chorsu” savdo markazigacha qatnardi. Endi esa ushbu avtobus yo‘nalishi 9 ta jadval asosida 7−8 daqiqalik interval bilan faqat “Do‘mbirobod” ko‘chasigacha boradi.

avtobus, тошкент

Yo‘nalishdan foydalanayotgan yo‘lovchilar “Quyoshli” qo‘rg‘onidan “Do‘mbirabod” ko‘chasiga yangi 158-sonli avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi. Ushbu avtobus yo‘nalishi 6 ta jadval asosida 11 daqiqalik interval bilan harakatlanadi.

avtobus, тошкент

Bundan tashqari, 1-iyun kunidan boshlab 110-sonli avtobus yo‘nalish harakati ham qisqarmoqda. Avtobus shu vaqtgacha TTZ ASHBdan “Food City” savdo majmuasigacha borar edi. Endi esa avtobus yo‘nalishi harakati “Politologiya instituti bekati — Food City savdo majmuasi” oralig‘ida qatnaydi. Unda transportlar 10 ta jadval asosida 12−13 daqiqalik oraliq interval bilan harakatlanadi. Yo‘nalishdan foydalanadigan yo‘lovchilar uchun Politoligiya instituti bekatidan TTZ ASHBga 14-sonli magistral avtobus yo‘nalishi orqali yetib olish imkoniyati mavjud.

avtobus, тошкент

Qolaversa, 1-iyundan 105-sonli avtobus “Chilonzor” buyum bozoridan Sergeli qo‘rg‘onigacha boradi. Shu vaqtgacha u Sergeli qo‘rg‘onidan “Karvon bozori”gacha borardi. Yo‘nalish 10 ta jadval asosida 13−14 daqiqalik oraliq interval bilan harakatlanadi. Bundan keyin “Karvon” bozoriga boruvchi yo‘lovchilar Chinni bozordan 121 va 122-sonli halqa avtobus yo‘nalishi orqali yetib olishlari mumkin.

avtobus, тошкент

50-sonli “Yunusobod 9-dahasi — Chingeldi mahallasi” oralig‘ida bog‘lovchi avtobus tashkil etilmoqda. Yo‘nalish “Yunusobod 9-dahasi — Chingeldi mahallasi”oralig‘ida 11 ta jadval asosida 12−13 daqiqalik oraliq interval bilan harakatlanadi.

Bundan tashqari, 19-may kunidan boshlab, 119-sonli “Qo‘yliq 1-mavzesi — Yunusobod dehqon bozori” avtobus yo‘nalishida 11 ta jadval asosida o‘ta katta sig‘imli, “King Long” rusumli avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur yo‘nalishning “Parkent” ko‘chasidagi harakati “Temur Malik” ko‘chasidagi burilib olish manziligacha harakatlanmagan holda uch qavatli yo‘l o‘tkazgichining birinchi o‘tkazgichi (tunel yo‘li) orqali yo‘lga qo‘yiladi.