Iyun oyida boshida Toshkent shahridan Bo‘stonliq tumaniga (Chorvoq erkin turistik zonasiga) avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi. Transport vazirligi qatnovlar soni oshirilganini ma’lum qildi.

Avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekati — Chorvoq yo‘nalishida har kuni harakatlanadi. Endilikda avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan soat 7:00, 10:00, 13:00 va 18:00 da jo‘naydi.

Chorvoqdan esa 6:00, 11:00, 14:00, 16:00 va 18:00 da harakatlanadi.

Qatnov masofasi 75 km bo‘lgan yo‘nalishda yo‘lkira narxi 15 000 so‘mni tashkil etadi. Yo‘lovchilar belgilangan manzilga 1 soat 10 daqiqada yetib boradi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 10-apreldan Qamchiq va Jizzax dovonlari, Chimyon va Chorvoqda turistik avtobus hamda mikroavtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yishga ruxsat etilgandi.